340
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Masalan o‘zbek xalq shoiri Maqsud Shayxzoda 5 yasharligida 8-10 misradan iborat masal
to‘qigan, Turkiyaning mashhur shoiri Nozim Hikmat 13 yoshida she’r yozgan, taniqli musavvir
Karl Bryullov yuksak qobiliyati tufayli 9 yoshidayoq rassomlik akademiyasiga qabul qilingan, u
13 yoshida “Chavandoz qiz” rasmini chizgan.
Ba’zi bir shaxslar o‘z iqtidorlarini keksaygan chog‘larida ham namoyon etadi. Masalan,
Yunonistonning atoqli dramaturgi Sofokl qarib- qartaygan chog‘ida “Edip kolonnada” degan
mashhur tragediyasini yozgan, Suqrot 94 yoshida “Atina madhiyasi” asarini yaratgan, uning ustozi
Georgiy 107 yoshida vafot etgan, lekin hayotining so‘ngi daqiqalarigacha ilm bilan shug‘ullangan,
shoir Beranje 77
yoshgacha, L.N.Tolstoy -82, Viktor Gyugo - 83, akademik I.P. Pavlov - 87,
mikrobiolog Gamaley – 90 yoshgacha, Diogen, Demokrit, Titsian i Mikelanjelo ijodiy faoliyatini
80 yoshgacha, Bernar Shou esa 94 yoshgacha o‘z ijodiy faoliyatini namoyon etgan. Ingliz
yozuvchisi Bernard Shou aytganidek, “Yoshlik – ehtiros va hissiyotlar davri bo‘lsa, keksalik – o‘y
– xayollar ijod va aql pallasidir”.
Theoryandpractice
ru manbasida yozilishicha, 1928 yildayoq amerikalik ruhshunos va
pedagog Edvard Torndayk odamning ilm olish qobiliyati 20 yoshgacha rivojlanishini, keyin asta
- sekin susayishini asoslab berdi. Zamonaviy IQ (intelligence quotient – intellekt koeffitsienti)
testlari nazariyasi mualliflaridan biri D.Xorn esa intellektning ikki turi mavjudligi borasida o‘z
qarashlarini ilgari surdi. Birinchisi, biologik asosga ega bo‘lgan intellekt (u yosh ko‘rsatkichiga
bog‘liq). Ikkinchisi, shaxs boshdan o‘tkazadigan ijtimoiy voqea - hodisalar ta’siri o‘laroq uning
butun hayoti davomida hamrohlik qiluvchi intellekt. Demak, inson necha yoshda bo‘lishidan qatiy
nazar, unda ikkinchi turdagi intellekt mavjud bo‘ladi va u hayotiy tajriba, kuzatuvlar orqali boyib
boradi. Buni Yevropa geontologiya markazi ma’ruzachisi M. Formozaning ommaviy axborot
vositalariga bergan intervyusida aytgan quyidagi gaplari ham tasdiqlaydi: “Yoshi kattalar, keksalar
ta’lim jarayoniga mashg‘ul bo‘lish orqali moliyaviy va yuridik masalalarni yanada yaxshi tushuna
boshlaydi.
Ijtimoiy, siyosiy, texnologik o‘zgarishlar borasida aniqroq tasavvur hosil qiladi.
Bundan tashqari, ularda yangi - yangi qiziqishlar paydo bo‘ladi. Bu esa ularning jismoniy va ruhiy
holatini yaxshilaydi, ijtimoiy yolg‘izlanib qolish va o‘zini keraksizdek his qilishdan qutulishga
yordam beradi.”105
Shaxsning iqtidorini shakllantirish xususida turlicha qarashlar mavjud. Ba’zi
manbalarda
shaxs iqtidori uning oiladagi o‘rni bilan bog‘liqligini isbotlaydi, ya’ni oiladagi to‘ng‘ich farzand
masalasidir. Buyuk shaxslarning ba’zilari, ya’ni Milton, Leonardo do Vinchi, Geyne va
Rubinshteynlar oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lganlar. Lekin D.I.Mendeleev,
Mechnikov oilada
kichik farzand bo‘lganlar.
Shaxsning imkoniyatlari cheksizdir, lekin ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun
insonga sabr – toqat, mehnat, o‘ziga ishonch va o‘z - o‘zini tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.
Zero, K. Bouvi insonning ishonchi haqida shunday yozadi, “ Ko‘pgina muvaffaqiyatsizliklar
sababchisi – o‘ziga ishonchsizlikdir”.
Ishonch — biror-bir shaxsga uning so‘zi, ishi va xatti-harakatlariga xayrixohlik va simpatiya
bilan qarash, u bilan hamkorlik qilish, yaqin mun-at o‘rnatishga asos bo‘ladigan ma’naviy omil.
Ishonch o‘zaro to‘g‘rilik, adolatlilik, insofu diyonat, halollik, samimiylik va imoniga asoslanadi.
Kishilar o‘rtasidagi munosabatlar aniq ma’no-mazmun kasb
etib borishi bilan ishonch
mustahkamlanadi yoki aksincha buziladi.
Har bir inson vaqti – vaqti bilan diqqat – e’tiborini jamlab o‘z shaxsiy hayotini kuzatishi
lozim. O‘z- o‘zini tahlil qilmasdan inson shaxsi to‘laqonli shakllanmaydi. L.N.Tolstoy bu xususida
shunday yozgan: “Doimo shunday jiddiy fikrlayman,
men qanday yashayapman, o‘zimni
tekshiraman”. O‘z-o‘zini tekshirishni boshlash hech qachon kech emas, balkim doimo foydalidir.
Inson o‘z- o‘zini tahlil etishni ongli tashkil etsagina, o‘zida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni sezadi,
o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga o‘zida kuch topadi.
105
Маърифат 20013 й. 23 март 12 б.