|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 341
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Inson o‘z – o‘zini tarbiyalash uchun u qanday qoidalarni bilishi va bilim, ko‘nikma,
malakalarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘zini juda yaxshi bilmog‘i, o‘z- o‘zini sidqidildan
chuqur o‘rganishi zarur. Ushbu xatti - harakatlardan o‘z – o‘zini tarbiyalash, o‘z – o‘zini
rivojlantirish va o‘z- o‘zini shakllantirish jarayonlari boshlanadi.
Har qanday inson o‘zida mavjud bo‘lgan xislatlar va kamchiliklarni aniq bilmasdan turib o‘z
- o‘zini tarbiyalashi mumkin emas. O‘z- o‘zini tahlil qilish optimistik xarakterga ega bo‘lishi
kerak.
O‘z- o‘zini tarbiyalash jarayoni buyuk shaxslar hayotida muhim o‘rin egallagan. Ular o‘z
ijodlari ustida muntazam ishlaganlar. Quyida bir necha buyuk shaxslar hayoti va ijodidan
namunalar keltiramiz.
O‘zbek xalqining iste’dodli shoiri va donishmandi Ahmad Yugnakiy tug‘ma ko‘zi ojiz
bo‘lishiga qaramasdan o‘zining ustida muntazam ishlagan va o‘zining mashhur asari “Hibatul -
haqoyiq”(“Haqiqatlar armug‘oni”) asarini yozib qoldirgan. Noma’lum shaxs tomonidan yozilgan
qaydda shorning ko‘zi ojiz bo‘lgani va kitobning 14 bobdan iborat ekanligi aytiladi:
Tug‘a ko‘rmas erdi adibning ko‘zi,
Tuzatti bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zi.106
Az-Zamaxshariyning hayoti, ijodiy va ilmiy faoliyatini chuqur o‘rganish katta ma’rifiy va
amaliy ahamiyatga molikdir ulkan hayotiy, tarbiyaviy jihatlari, havas qilsa arziydigan darajada
ibratli qirralari ham ko‘pdir.
Ma’lumki, biron - bir allomaga nasib etmagan yuksak maqom – Jorulloh (“Allohning
qo‘shnisi”) degan laqabga faqat buyuk vatandoshiiz az – Zamaxshariy musharraf bo‘lgan.
Yoshlik chog‘laridan ilm-urfonga tashna bo‘lib o‘sgan az-Zamaxshariy o‘z bilimini oshirish
maqsadida o‘sha davrning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroyi sharifga
yo‘l olgan. Ammo ilm tolibi yo‘lda yuz bergan baxtsiz hodisa(otdan yiqilib oyog‘i qattiq lat
yegani, buning ustiga, qaxraton sovuq bo‘lgani) tufayli bir oyog‘ini kestirishga majbur bo‘ladi va
butun umri davomida yog‘och oyoqda yuradi. Lekin bu nogironlik uning bilim olishiga to‘sqinlik
qila olmaydi. U yoshligidan ilm - fanning turli sohalarini, ayniqsa, arab tili va adabiyoti diniy
ilmlar majmuasini mukammal egallaydi. Ayni vaqtda o‘sha davrda ilm ahllari orasida g‘oyatda
zarur va muhim hisoblangan xattotlik san’ati sirlarini ham to‘liq o‘zlashtirib, uni obdon egallaydi
va bu bilan o‘z oilaviy turmush sharoiti, tirikchiligini ham bir qadar yaxshilaydi. Jismoniy
notavonligiga qaramasdan az-Zamaxshariyning katta ishtiyoq va astoydii sobitqadamlik bilan
bilim olish yo‘lidagi ko‘rsatgan bu jasorati va fidoiyligi har qanday tahsinga sazovordir va katta
bir ibratdir.
Az – Zamaxshariy Qur’oni Karim bitilgan arab tilini yoshligidan katta havas va ishtiyoq
bilan o‘rgandi, arablarning hayoti va ularning urf – odatlarini, turli lahjalarini uzoq yillar tinimsiz
tadqiq qildi. Alloma arab tiliga alohida mehr bilan qarar edi. Shu boisdan ham bu tilni chuqur
o‘rganish, arab tilining grammatikasi, leksikasi, umuman, arab tilshunosligiga oid bir qancha
muhim asarlarni shu nogiron donishmand yaratgan.Uning jumlai jahonga dong‘i ketgan
“Muqaddimat ul - adab”, “Al - Mufassal”, “Asos al - balog‘a” kabi yirik ta’liflari mana shu
yo‘nalishda yozilgan asarlardir. Arablarning “Agar xorazmlik shu ko‘sa, cho‘loq bo‘lmaganida,
arablar o‘z tillarini bilmas edilar!” deb lo‘nda qilib allomaga bergan bahosiga hech bir izohning
hojati bo‘lmasa kerak. Arab tiliga, uning behad katta imkoniyatlariga tan bergan alloma barcha
asarlarini faqat arab tilida yaratgan. Bu tilni mukammal o‘zlashtirganining boisi, albatta, katta
mehnat va tinimsiz izlanishlar samarasidir.
Alloma nogironligiga qaramasdan sayohatu safarlarga o‘ch bo‘lgan. U Xuroson, Shom, Iroq,
Hijozgda bo‘lganligi yozma manbalarda qayd etilgan. Mana shu yurtlara bo‘lganida o‘sha
davrning ko‘p mashhur olimlaridan saboq oldi. “Mening sochlarimni oqartirgan narsa – bu
muttasil kitob mutolaa qilish va tinimsiz sayohatlardir”, - deb allomaning o‘zi e’tirof etadi.
Chindan ham bu hol mashhur sharqshunos olim, akademik I. Yu. Krachkovskiyning “Yog‘och
106
N. M. Mallaev O‘zbek adabiyoti tarixi. T.- 1976, b.139
|
| |