|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 348
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek113, «Biz ta’lim va
tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz».
Kadrlar tayyorlash tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirish uning mehnat bozori
bilan mosligini va, oqibatda, tizimning rivojlanishini ta’minlaydigan, mehnat bozori uchun kadrlar
tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
yo‘nalishlari deyilganda, tizimning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi barcha ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy tadbirlar tushuniladi.
Mazkur tizim samaradorligini oshirish kadrlar tayyorlash majmuasining aniq qo‘yilgan
maqsadlarini ta’minlashning vazifalari belgilangan. Bu vazifalar zarurati kadrlar tayyorlash
tizimini iqtisodiy jihatdan boshqarishni takomillashtirishni va kadrlar tayyorlash yaxlit tizimi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilgan va so‘nggi yillarda rivojlanish tendensiyasiga ega
bo‘lmoqda (1- rasm).
Kadrlar tayyorlash tizimini iqtisodiy va tashkiliy jihatdan boshqarish
Iqtisodiy mexanizmlar
Tashkiliy mexanizmlar
- budjet daromadlarining shakllanishi
- muqobil (nobudjet) mablag‘lar
hisobiga daromadlar shakllanishi
- kadrlar tayyorlashning iqtisodiy
boshqarishning normativ-huquqiy asoslari
- kapital rivojlantirish va joriy
xarajatlar
-tizimning
samaradorligi
(xarajatlarga
nisbatan
daromadlarning
ortiqchaligi)
- tashkiliy jihatdan boshqarish
- ta’lim tizimiga davlat va jamiyatning
ijtimoiy buyurtmalari
- ta’lim tizimida ijtimoiy-psixologik
omillarning rolini oshirish
- ijtimoiy himoya choralari
- ijtimoiy investitsiyalarni ta’lim
sohasiga yo‘naltirish
- ta’limning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning
hal
qiluvchi
omiliga
aylantirish
- ta’lim tizimida ijtimoiy intellektga
erishishni boshqarish
1-rasm. Kadrlar tayyorlash tizimini iqtisodiy va tashkiliy jihatdan boshqarish
Ta’lim tizimini isloh qilishning mustahkam huquqiy asosi sifatida keyingi paytlarda 70 dan
ortiq farmon va qarorlar qabul qilingan bo‘lib, bu bevosita kadrlar tayyorlashdagi milliy asosini
yaratdi. Tashkiliy o‘zgarishlar sifatida Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning tuman(shahar)lardagi
bo‘limlari tashkil etildi.
Shuningdek bu tizimni boshqarish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari borasidagi
vazifalarquyidagi asosiy qismlarga bo‘linadi:
- kadrlar tayyorlashni boshqarish mexanizmini bozor talablariga mos holga keltirishga
ko‘maklashuvchi tadbirlar majmuasi;
2
Mirziyoev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza // Xalq so‘zi, 2016 yil 8 dekabr.
|
| |