347
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib
qolgan. Bugungi kunda Yaponiya dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va halqaro hamkorlik
maydonida faol ishtirok etib kelmoqda. Yaponiyada juda qadimdan xalqning aqliy
imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siyosati eng muhim o‘rin tutadi. Hozirgi
davrda Yaponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini
miqdor va sifat jihatidan
bundan ham jadal rivojlantirishda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan o‘rinli foydalanishga katta
e’tibor qaratilmoqda.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Antoshkina L.I. Vыsshee obrazovanie v sisteme obщestvennыx interesov
/monografiya/ L.I.Antoshkina – Donesk: OOO «Yugo-vostok», LTD 2008 g. S. 54
2.
Andreeva
A.S.
Formirovanie
sistemы
professionalnogo
vospitaniya
obuchayuщixsya v usloviyax neprerыvnogo obrazovaniya// Ustoychivoe
razvitie nauki i
obrazovaniya. 2016. № 3. S.34-38.
3.
3.Kasыmova N.A. Sovid-19 i novыy эtap razvitiya vыsshego obrazovaniya. Oliy
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim ekspertlarining ilmiy-metodik
jurnali. 2020 y. №8.
KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI IQTISODIY VA TASHKILIY JIHATDAN
BOSHQARISHNING ZARURIYATI
Sariqulova Sh.
JDPU magistranti
Hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy
holatini yanada yaxshilash, kadrlar tayyorlash tizimini
samarali boshqarishni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo‘lib, davlat
siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb эtmoqda. Ko‘p bosqichli uzluksiz ta’lim tizimi hozirgi
davrga qadar salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Ta’limning integrallashuvi va
differensiallashuvi e’tiborga olinsa, bu borada modernizatsiyalash vazifalari quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha
amalga oshirilishi zarur, kadrlarni real buyurtmalar asosida tayyorlash,
hududlarda
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘quv
jarayoni sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot
ishlarini rivojlantirish.
Shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili»da112 amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash
maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 oktabrdagi PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni tasdiqlangan bo‘lib, mazkur farmon
O‘zbekistonda ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga
erishish uchun o‘z hissasini qo‘shadi.
Ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish respublikamizda ta’limni boshqarishning
muhim vazifasi hisoblanadi. Faqat yuqori darajadagi ta’lim ustuvorligi davlat siyosatida hozirgi
davrda ta’lim tizimini boshqarishning zarur darajasini ta’minlashi mumkin. Bunda ta’lim
ustuvorligi faqatgina e’lon qilinmasdan, balki asta-sekin siyosiy amaliyotga joriy etilishi lozim.
Bu boradagi islohotlar izchil davom ettirilib mamlakatimizda ta’limni boshqarish tizimining sifat
jihatidan yangi darajasi an’analar, boy tarixiy va ma’naviy merosni hisobga olgan holda ta’lim
tizimini miqdor va sifat jihatidan jadal rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib
borilmoqda.
112
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 oktabrdagi PF-6097-son farmoni.