|
TALABALARDA IJODIY MUNOSABATLAR TAFAKKURINIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам TALABALARDA IJODIY MUNOSABATLAR TAFAKKURINI
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Sodiqova Dilfuza Ropijonovna
Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim tizimida maqsadlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘zida aks ettirgan bo‘lajak pedagog mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularda
ijodiy munosabatlar tafakkurini shakllantirish, hamda ijodiy munosabatlar tafakkuriga pedagogik-
psixologik ta’sir ko‘rsatish kabi masalalar ta’lim tizimida o‘z yechimini kutayotgan
muammolardan sanaladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shakllantirish haqida gapirar
ekanmiz, birinchi navbatda ijod va uning mohiyatini to‘laqonli yetkazib berishga va bu borada bir
qancha jihatlarga urg‘u berishimiz kerak. Bu borada avvalo ijod jarayonida inson o‘z maksadlariga
erishish uchun uning mazmuni nimaga qaratilganligini anglashi kerak. Negaki, maqsad zamirida
inson va unga xizmat qilish istagi yotishi shart.
Biz bo‘lajak o‘qituvchilarga har qanday ijodning maqsadi kishilik jamiyati orzusini amalga
oshirishga qaratilishi uning eng asosiy ko‘rinishi ekanligini anglatib borishga erishishimiz
ahamiyatlidir. Buning uchun nimaga e’tibor berishimiz va qanday ishlarni amalga oshirishimiz
kerak. Birinchi navbatda ularga ijod qilish orqali bo‘lajak o‘qituvchilar ijtimoiy va shaxsiy
ehtiyojlarini qondirish kerakligini tushuntirish; ikkinchidan ijodiy jarayonlar orqali ular ko‘plab
vazifalarni bajarishlari kerakligi; uchinchidan ijodning turlarini bilishlari; to‘rtinchidan ijodiy
tafakkur nima eanligini anglab yetishlari; beshinchidan ilmiy ijod tushunchasini anlashi;
350
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
|
| |