|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 351
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
muvoffiqdir. Masalan tafakkur tushunchasini ham talabalarga anglatish barobarida ijodiy
munosabatlar ham shakllantiriladi.
Tafakkur (arab. fikrlash, aqliy bilish) – inson ma’naviyatining tarkibiy qismi, bilishning
olamdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi
ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlarni aks ettiradigan aqliy bosqichi. Tafakkur
iborasi arab. «fikr» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish
ma’nolarini bildiradi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1) unda voqelik umumlashgan holda aks etadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga
narsa va hodisaning nomuhim, ikkinchi darajali (bu, odatda, bilish oldida turgan vazifa bilan
belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy,
muhim, takrorlanib turuvchi xususiyat va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi;
2) Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita
murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda narsa va
hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi.
3) Tafakkur – insonning ijodiy faoliyatidan iborat, bunda narsa va hodisalarning eng
murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati
vujudga keladi;
4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud bo‘ladi, ya’ni fikr ma’naviy hodisadir. U faqat
til orqali, moddiy hodisa (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlar) tarzida reallashadi, boshqa kishilar
bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish
vositasiga aylanadi [4]
Biz ham o‘z tadqiqotlarimizda aynan tafakurning xususiyatlariga tayangan holda ishlarni
davom ettiramiz. Masalan, tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat, bunda narsa va
hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar
qilish imkoniyati vujudga keladi, degan xususiyati aynan biz tomondan tanlangan mavzuni
yoritishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda ijodiy tafakkur bosqichlari va sifatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tish shart deb hisoblaymiz.
Jumladan, ijodiy munosabatlar tafakkurining quyidagi bosqichlari mavjud:
1. Tayyorgarlik bosqichi - masalani shakllantirish, uni yechishga urinish.
2. Inkubatsiya - masaladan vaqtincha uzoqlashish.
3. Oydinlashuv- intuitiv yechimning paydo bo‘lishi.
4. Tasdiqlash - yechimni tekshirish yoki amalga
Qadimdan ota-bobolarimiz ijodiy tafakkurning ushbu bosqichlariga amal qilishgan va
muhim kashfiyotlarni amalga oshirishgan.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki ijodiy munosabatlar tafakkurini o‘zida mujassamlashtirgan
talabalarda fikrning teranligi, tiniqligi, mantiqiyligi, erkinligi, mustaqilligi, badiiyligi, ijodiyligi
kabi tafakkur sifatlari yuqori darajada bo‘ladi. Bunday tafakkur sifatlariga ega bo‘lgan talabalar
asta-sekinlik bilan o‘zlaridagi qalb ruhiyatining uyg‘onib borayotganlarini his qila boshlaydi va
bundan zavqlanadi. O‘z ishlaridan zavqlanish hissi esa ularni yaratish, ijod qilish, kashfiyot
qilishga undaydi.
|
| |