|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 359
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Keng ma'noda qaraganda ta'lim tizimidagi har qanday o‘zgarish - bu pedagogik
innovatsiyadir. Pedagogik innovatika pedagogik yangiliklarni baholash, uni pedagogik jamoa
tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish, nig‘oyat pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo‘llash
haqidagi ta'limot sifatida qaraladi.
Pedagogik neologiya - yangilik haqidagi ta'limot bo‘lib, bunda pedagogika sohasidagi har
qanday yangiliklar o‘rganiladi va umumlashtiriladi.
Pedagogik aksiologiya - isbot talab qilmaydigan ta'limot manosini ifodalab, bunda
pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi.
Pedagogik praksologiya - amaliyotda qo‘llash haqidagi ta'limot bo‘lib, bunda tanlab olingan
pedagogik yangiliklar amaliyotda qo‘llaniladi.
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan
ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning
yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Oliy maktab o‘qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab pedagogikasining bosh
muammolaridan biridir.
Pedagogik o‘yinlar
1. O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga — «ijod
maydoni»ga ega bo‘ladi.
O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida
namoyon bo‘ladi.
O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha
izchilligini ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini
ko‘rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida
qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni
tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga
oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning
o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib
chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
predmetlarni, ya'ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
(o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro sohasi.
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda o‘qitish
metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish,
mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlaiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, taibiyaviy, faoliyatni
rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo‘llaniladi.
O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka
va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta'lim malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat
ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar,
nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni,
kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi,
o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa
olish, o‘quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
|
| |