“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

360 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit 
sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish 
hamda psixoterapiyani nazarda tutadi. 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik 
jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar 
«o‘yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi. Pedagogik o‘yinda ta'limning pedagogik 
maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi. Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi 
o‘yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi. 
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi va uni amalga pshirishning asosiy 
yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. 
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘ladi: 
didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi; 
o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi; 
o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi; 
o‘quv jarayoniga didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari 
kiritiladi; 
didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan boglanadi. 
Pedagogik o‘yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o‘yin metodikasi, soha 
xususiyati, o‘yin muhiti bo‘yicha tasnif qilingan. 
Amaliy vazifa va muammolarni echishdagi talabalarning umumiy faoliyatini tashkil 
etishning samarali shakli tadbirkorlik o‘yinlaridir. Ma'lumki, tadbirkorlik o‘yinlari talabalarning 
kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bu jarayonda uning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatining 
ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi. 
Tadbirkorlik o‘yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko‘p jihatlardan o‘yinning 
ssenariysini ishlab chiqish va uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik o‘yinlari 
talabani amaliy tayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini echishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida qo‘llanadigan amaliy malaka va 
ko‘nikmalarni shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni 
tahlil qiladigan fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok 
etishini ta'minlaydigan qobiliyatlarni shakllantirish taalluqlidir. 
O‘yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday ruzilishi kerakki, unda 
shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllansin. 
O‘yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq aks etishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Barkamol avlod - 
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1998. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi 
Qonuni. Barkamol avlod –O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1998. 
3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: «O‘zbekiston», 2011. 
4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y. 
5. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-
MOLIYA, 2009, 240 b. 
6. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 
171 b. 



Download 7 Mb.
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish