|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 358
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-
muhitga o‘zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va
boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
shaxsiy faoliyat jihatidan (ta 'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
ko‘psub’ektli (dialogik) yondashuv, ya'ni kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
individual - ijodiy (o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro munosabatlari asosida) yondashuv.
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’ekti o‘qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati
hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari
yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi.
Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish ) subektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u va
holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni
fikrlash jarayoni, deb yoziladi.
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: «Refleksiya - faqat sub'ektning o‘z-o‘zini bilishi
va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish
tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
V.A.Lefevr ta'kidlagan ediki, inson o‘zining hatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan
kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning hatti-
harakatlarini o‘rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan boqlaydi. Bunday o‘zaro
aloqalarda refleksiya o‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash
hamda muammolarni eslash, enga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
- retrospektiv;
- prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan faoliyat tarixini
ng retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo‘lgan talabning hukm surish
dinamikasi.
S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi.
V.V.Davidov o‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko
analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va
reflektiv komponentlardan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini
asoslash, ularning shakllanganlik me'yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq
etishning zarur omili hisoblanadi.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib
chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar g‘arbiy evropa va
AQSHda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin,
V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N V.Kuzmina, V.A. Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida
tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg‘or pedagogik tajribalarni
keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan, X.Bamet, Dj. Basset, D. Gamilton, N.Gross, R. Karlson,
M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta'limdagi
o‘zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
|
| |