|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 361
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
4-SHO’BA TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV SIFATINI OSHIRISH JARAYONIGA
YANGICHA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING TATBIQ ETISH OMILLARI
ZAMONAVIY SHAROITDA OLIY TA’LIM SOHASINI INNOVATSION ASOSDA
TAKOMILLASHTIRISH
A.Saitkasimov
Falsafa fanlari doktori, professor JDPU
Bugungi globallashuv tendensiyalari kuchayayotgan zamonaviy jamiyatda oliy ta’lim
sohasini innovatsion asosda takomillashtirish muhim va samarali jarayon hisoblanadi. Oliy
ta’limni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, shuningdek, uni rivojlantirishning
falsafiy
konsepsiyalari
va
uning
transformatsiyalashib
borish
jarayonlari
hamda
innovatsionlashish tendensiyalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb masala sanaladi.
Xususan, fuqarolik jamiyatini barpo etishda ta’lim sohasini innovatsion rivojlantirish
qonuniyatlari va barqaror rivojlanishiga ta’sir qiluvchi innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish
masalasi asosiy ilmiy tadqiqot mavzusiga aylangan.
Innovatsiyalar mohiyati, uning bugungi kunda inson taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalari,
xususan ta’lim va fan tizimlarini rivojlanishidagi o‘rni, fuqarolik jamiyatini qurishdagi
ahamiyatini ilmiy tahlil etish, mazkur masalani ijtimoiy-falsafiy jihatlarini yoritish va tahlil etishda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Bugungi kunda dunyoda innovatsion
g‘oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas”114, degan konseptual
g‘oyasi mazkur bobning mazmunini yoritishda ilmiy-nazariy hamda metodologik asos qilib
olingan.
Ijtimoiy hayotda innovatsiyalarning vazifasi faqat alohida ilmiy, texnik va texnologik
yangiliklarni amalga oshirish, qisqa muddatli dasturlarini bajarish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
u yoki bu miqdoriy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish emas, balki barqaror ijtimoiy rivojlantirish, aholi
turmush darajasi va sifatini oshirishga erishishga qaratilgan samarali institutsional islohotlar va
ilg‘or tarkibiy siljishlar, ilmiy, texnik va texnologik yangiliklar negizida ijtimoiy sohada tubdan
sifat o‘zgarishlarini ta’minlash, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimni shakllantirish hisoblanadi.
Jamiyatda innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-birinchi bosqich iqtisodiy va siyosiy hayotni erkinlashtirish, bozor munosabatlariga o‘tish,
jamiyatning barcha sohalarida davlat monopoliyasini cheklash;
-ikkinchi boskichda jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda
transformatsiya jarayonlari yuz beradi, islohotlar jarayoni yanada chuqurlashib, ularning
mo‘ljallari inson manfaatlari va demokratik qadriyatlarning yuksalishiga qaratiladi;
-uchinchi boskichda jamiyatga global o‘zgarishlar natijalari va texnogen sivilizatsiya
ko‘rinishlari kirib keladi, barcha sohalarga innovatsiyalar joriy etiladi, zamonaviy taraqqiyot
mezonlari ustuvorlik kasb etadi.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda ilm-fan yuqori sur’atlarda takomillashib, zamon tezlik
bilan rivojlanib borar ekan, boshqa sohalar kabi ta’lim tizimini ham yangilab borish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatini amalga
oshirishda qator kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqdaki, ular bevosita, mazkur kamchiliklarni
aniqlash va bartaraf etish, tizim faoliyatini yanada takomillashtirishni kun tartibidagi muhim
vazifalar qatoriga qo‘yadi.
O‘zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarishlar
kontekstida modernizatsiya va innovatsiya jarayonlari samarasi xorijiy mutaxassislar tomonidan
ham e’tirof etilmoqda. Jumladan, Seuldagi Politexnika kolleji professori Pak Xvan
114
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 87.
|
| |