369
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Bunday didaktik materiallardan keng foydalanish nafaqat bo‘lajak o‘qituvchilar nutq
madaniyatini rivojlantirishga balki, ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga ham olib keladi.
Nutq qobiliyati o‘qituvchi kasbiy faoliyatining muhim omillaridan biri,
chunki axborotni
o‘qituvchidan o‘quvchiga yetkazish so‘zlashuv xususiyatiga egadir. Bunda nutqning ichki
xususiyatlari (mazmunli) va tashqi xususiyatlari ham nazarda tutiladi. O‘qituvchining nutq ichki
kuchi, ishonarliligi bilan ajralib turishi lozim. U jonli, obrazli, yorqin ifodali bo‘lishi, stilistik,
grammatik, fonetik xatoliklardan holi bo‘lishi kerak. Bir xildagi, cho‘ziq, bir ohangli nutq juda tez
toliqtiradi, zerikish, befarqlikka olib keladi. O‘qituvchining haddan ortiq baland, shiddatli nutqi
o‘quvchilarning asabini buzadi. Hazil, yengil do‘stona mutoyiba nutqni juda jonlantiradi.
Didaktik materialni tanlash va tashkil etishda suggestiv xususiyatni inobatga olish lozim. Bu
talabalarga hissiy-irodaviy ta’sir ko‘rsatish, talablar qo‘yish va ularning
bajarilishiga erishish
qobiliyati. Suggestiv qobiliyat o‘qituvchi irodasining rivojlanishi, o‘ziga chuqur ishonch, ta’lim
va tarbiya uchun mas’uliyat hissi, shuningdek, kommunikativ-nutq madaniyatiga bog‘liq.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning nutq faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga faol ta’sir
etadi, o‘z navbatida, bilimlarni o‘zlashtirish o‘quvchidan faol, mustaqil
ijodiy fikrlashni talab
etuvchi jiddiy muammodir. O‘qituvchining vazifasi to‘g‘ri, ob’ektiv xulosalarga olib keluvchi,
isbotli fikrlashga asoslangan mantiqiy fikrlashning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish hisoblanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar nutq madaniyatini samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik
material,
talabaning intellektual, hissiy, irodaviy, qadriyatli-yo‘nalgan jihatlarini qamrab olib,
uning yaxlit, ijodiy shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki didaktik materiallardan o‘z o‘rnida
samarali
foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilar nutq qobiliyatini rivojlantirishga yetarli darajada xizmat qiladi.