|
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVASIONBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVASION
QADAM −
HAYOT DAVOMIDA TA’LIM OLISH
Yusupova Gulshan Abdulazizovna-
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi “Uzluksiz
kasbiy ta’limni tashkil etis” bo‘limi boshlig‘i
Azamatova Dilafruz Saydig‘aniyevna
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi “Uzluksiz
kasbiy ta’limni tashkil etis” bo‘limi uslubchisi
Hayot davomida ta’lim olish zamonaviy jamiyatning asosiy tendensiyalardan biridir. Bu
insonning doimiy ravishda yangi bilim olishga, kasbiy va shaxsiy o‘sishga intilishiga zamin
hisoblanadi.
70-yillarda hayot davomida ta’lim olish g‘oyasi konsepsiyaga aylanganda, uning realizmi
jahon hamjamiyatida ko‘plab shubhalarni keltirib chiqardi. 1972 yilda YUNESKOning tashabbusi
bilan Fransiyaning sobiq bosh vaziri va ta’lim vaziri Edgar For qilgan ma’ruza rezonans bo‘ldi.
“Yashashga o‘rganish” ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro komissiya tomonidan ishlab
chiqilgan. Mazkur hujjat ustida etti kishi ishlagan bo‘lib, uzluksiz ta’lim shaxs va jamiyat
rivojlanishining eng muhim konsepsiyasi deb e’lon qilindi. Ma’ruza mualliflari ushbu g‘oyani
dunyoning barcha mamlakatlarida ta’limni rivojlantirishda asos sifatida qabul qilishni taklif
qilishgan va bu taklif qattiq tanqidga uchragan.
YUNESKO ning XXI asr taʼlim boʻyicha xalqaro komissiyasini boshqargan Jak Delor 1996-
yilda Edgar Forning gʻoyasiga yana uchta jihatni qoʻshdi: bilim olishni oʻrganish, ishlashni
oʻrganish va hamkorlikda yashashni oʻrganish. Delor g‘oyalari YUNESKOning navbatdagi 2005
yil e’lon qilingan “Bilim jamiyatlari tomon” jahon hisobotiga kiritilgan. Hujjatda va Delorning har
bir insonning “umri davomida taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash” uchun vaqt ajratish boʻyicha
taklifi ham qayd etilgan.
Shundan so‘ng hayot davomida ta’lim olish kontsepsiyasi XXI asrning boshida faol
qo‘llanila boshlandi. Masalan, 2003 yilda Microsoft kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab kompyuter
savodxonligi darajasini oshirish maqsadida Unlimited Potential global ijtimoiy dasturini ishga
tushirdi. Barcha turdagi o‘quv yurtlari va markazlarida barchaga yangi raqamli ko‘nikmalarga ega
bo‘lish imkoniyati yaratildi.
Endilikda hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasi har qachongidan ham ko‘proq talabga
ega. Pandemiya fonida texnologik va biznes-jarayonlarning jadal transformatsiyasi sharoitida
axborot texnologiyalari asoslarini bilish, ulardan foydalanish va ular yordamida o‘rganish
qobiliyati nihoyatda zarur bo‘lib bormoqda.
Innovasiyalar, moslashuvchanlik va doimiy o‘zgarishlarga tayyorlik mehnat bozorining
kuchli raqobatdosh ustunliklari hisoblanadi. Bugungi kunda qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar
rahbarlar o‘z tashkilotida yuqori natijalarga erishish o‘z xodimlarini doimiy ravishda o‘qitish va
rivojlantirishsiz mumkin emasligini tushunishadi. Bu bir tomonlama jarayon emas: odamlar ham
tizimli ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga tayyor bo‘lishi kerak.
“Hayot davomida ta’lim olish”ning mohiyati shundan iborat: qo‘lingizda qancha diplom
bo‘lmasin, ertaga ilg‘or mutaxassis bo‘lish uchun bugundan yangi kompetensiyalarni egallash
kerak.
Hayot davomida ta’lim olishning afzalliklari:
*o‘z kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish ish joyidagi shaxsiy samaradorlikni oshiradi;
*kasbiy rivojlanish martaba ko‘tarilishiga yoki yangi lavozimga o‘tishga yordam beradi;
*malaka oshirish sertifikatlarini olish yoki lizenziyalarini yangilash kerak bo‘lgan xodimlar
uchun qo‘shimcha treninglar muhim ahamiyatga ega;
|
| |