372
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
BO‘LG‘USI TARBIYACHILAR UCHUN TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH
MASHG‘ULOTLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Tajibaev Salimjon Sabirjanovich
Andijon davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar, talabalar bilim sifatiga
qaratilayotgan e’tiborni hisobga olgan holda ularga ta’lim-tarbiyaning
zamonaviy usul va
vositalaridan foydalangan dars mashg‘ulotlarini tashkillashtirishni taqozo etmoqda. Barchaga
ma’lumki, dars metodlari uch xil bo‘ladi. Ya’ni,
passiv dars:
talaba
O‘qituvchi
talaba
faol dars:
talaba
talaba
O‘qituvchi
talaba
interfaol dars:
talaba
talaba
O‘qituvchi
talaba
talaba
Interfaol metod ta’lim jarayonida talabalar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish
orqali talabalarning bilimlarni o‘zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv
materialini
erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar
soni kamligi, lekin seminarlar amaliy
mashg‘ulotlar sonining ko‘pligi, talabalarni tashabbus ko‘rsatishlariga
imkoniyatlar yaratilishi,
kichik guruh, katta guruh, jamoa bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma va amaliy ishlar
bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol
ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari
jarayonida interfaol usullardan kengroq foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar
chiqarish, o‘z
fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot,
munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari
shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol usullar ko‘p turli bo‘lib ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi
eng avvalo, o‘qituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.
Buning uchun:
Mazkur fanni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga
muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq
erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish
ko‘zda tutiladi.