374
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TA’LIM MUASSASALARIDA О‘QUV SIFATINI OSHIRISH JARAYONIDA
YANGICHA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Xalmatova Muxayyo Muratovna
JDPU Sirtqi bo‘lim“Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kаfеdrаsi”
o‘qituvchisi
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli
amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchi faoliyati. uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog‘liqdir.
Shunday ekan, sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida
mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni
o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy
topshirig‘ini bajaradi, har tom onlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o‘qituvchi
muayyan
ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi
mustaqillik g‘oyasiga e’tiqodli, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli
ma’lumoti bor, ya’ni o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-
psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo‘lishi
hamda turli pedagogik
vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o‘rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogik
ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi
lozim.
Ta'lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars
o‘tish, so‘nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda
mashg‘ulotlar o‘tkazish, mutaxasislik bo‘yicha, masalan kimyo sohasidagi so‘nggi innovatsiyalar
haqida ma'lumotlar
keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o‘tish talabalarni yangilik
yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonida avval qiziqish uyg‘otib, motivatsiya berib, so‘ngra
raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg‘otiladi va
albatta rag‘batlantirish amalga oshirilsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va
innovatsiya yaratishda yutuqlarga erishgan insonlardan misol keltirib, iloji bo‘lsa ulardan birini
o‘rnak bo‘luvchi inson sifatida darsga taklif qilib,yoki innovatsiyalar
markaziga talabalarni
ekskursiyalarga etishni yo‘lga qo‘yilsa maqsadga tezroq erishilgan bo‘lardi.Innovatsiyalar
yarmarkasiga va hududdagi IT parklarga talabalarni ekskursiyaga etishni tashkil qilsak ta'limda
berilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda erishilgan yutuqlarni ko‘paytirishiga
ishonamiz. Innovatsion ta'lim (ingl. "innovation"-yangilik kiritish,ixtiro) ta'lim oluvchida yangi
g‘oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me'yor,
qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllanirish
imkoniyatini yaratadigan
ta'lim. Innovatsion ta'lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim
texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb yuritiladi. O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga
asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron
doska va hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o‘tishi ham mumkin.
O‘qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mazmun shunchalik oshadi.
Ta'limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va
mukammal shaklga ega emasligini ham e'tirof etish lozim. Har bir o‘qituvchi ta'limda individual
ravishda yangilik kiritishi mumkin. O‘z
fanining mazmun-mohiyati, mavzulari, shu sohadagi
yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi ma'lumotlarni o‘rgangan holda
o‘qitish jarayonida ularni qo‘llab, misollar keltirib, ta'limda yangi metodni yaratishi, hamda shu
asosida dars o‘tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi o‘z
faoliyatidan
qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi.
Ta'lim tizimida professor-o‘qituvchi tomonidan fanning xususiyati va mashg‘ulotning
shakliga ko‘ra ta'lim texnologiyasini to‘g‘ri tanlashi, uni qo‘llashi, o‘tilayotgan har bir oquv
mashg‘uloti nafaqat ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi,
balki