|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 373
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun talabalar yangi mashg‘ulotdan oldin uning
mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.
Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg‘ulotga
nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Interfaol ta’lim usuli — har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari
darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir talaba o‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq
ravishda turli darajada o‘zlashtiradi.
Bugungi talabalar xilma xillikkka intilishyapti, yangilikka talpinishi kuchli.Endi ularni bir
qolipga solingan o‘qitish uslublari qoniqtirmaydi. Shu bois ular o‘qituvchidan uslub,shakl,
pirovard natijada mazmun yangilanishlarini kutyapti.
Agar ushbu fikrni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, amaliyot
bilan nazariyani uyg‘unlashtirgan holda turli tarqatmali va ko‘rgazmali vositalar, didaktik o‘yinlar,
multimedia vositalaridan foydalanib dars tashkil qilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu jarayon albatta guruhlar yoki kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli vaziyat yaratish
va uni yechimni topish hamda taqdimot shaklida amalga oshirib boriladi.
Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu
mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz
mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o‘qituvchiga, talaba-
larga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Interfaol mashg‘ulotning asosiy usullari: interfaol seminar, trening, ma’ruza, aqliy xujum,
ishchanlik o‘yini, rolli o‘yin, muhokama, bahs munozara, tanqidiy fikrlash, skarabey, bumerang,
zigzag yoki arra, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, suratli diktant, muzyorar va boshqalar.
“Pedagogika fani o‘quvchi eshitgandan ko‘ra o‘qiganda, o‘qigandan ko‘ra
ko‘rganda,ko‘rgandan ko‘ra bajarganda samaraliroq o‘zlashtirishini isbotlab bergan.”
Ushbu fikr aynan tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va metodikasiga qaratilgan desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan bugungi kun o‘qituvchisi
har bir mavzu bo‘yicha talaba ongida davlat talablari darajasidagi BKMni hosil qilish bilan
cheklanib qolmasdan,uni hayot bilan bog‘lashi,jonli misollar asosida shogirdlari ongida aks
ettirishi, amaliy topshiriqlarni ham bajrish jarayonida shaxsiy namuna bo‘lishi,shu asnoda ularning
o‘qish, bilim olish istaklarini oshirishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish
imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-talabalarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va
malakalarini rivojlantiradi, talabalar orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi,
ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy
vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni
qo‘llash talabalarning asabiy zo‘riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib
turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.
|
| |