|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 381
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Qo‘ysinov O.A. "Kasbiy pedagogika" fanidan elektron darslik. O‘zbekiston Respublikasi
intellektual mulk agentligi guvohnomasi №DGU 03392. Toshkent-2015
2. Qo‘ysinov O.A. "Barkamol shaxsni shakllantirish, sog‘lom turmush madaniyatiga ega
yoshlarni tarbiyalashda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish" "Mustaqil
4. Ibraymov A. Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etish va o‘quv kurslari mazmunini ishlab
chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zMU xabarlari. - Toshkent, 2016 yil.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5812-sonli
Farmoni.
MUHANDISLIK GRAFIKASI FANIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI
QO‘LLASH METODLARI
Muxitdinov Abduvaxob Abduvaliyevich
Jizzax Politexnika instituti
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi assistenti
Mamlakat ta’lim tizimida tub islohotlar yasagan O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» ta’lim mutasaddilari xususan, pedagog mutaxassislar zimmasiga
darsliklarning yangi avlodini yaratishdek murakkab va dolzarb vazifa yukladi.
Chizma xozirgi zamon ishlab chiqarish sharoitida mexnat jarayonida kutilgan natijalar
xaqida tassavurni xosil qilishning asosi xisoblanadi.
Chizmada inson ijodiy tafakkuri natijasida yaratilgan buyum loyixasi yoki konstruksiyasi
yorqin aks etadi. Chizma bo‘yicha ijodiy mexnat harakatlari tizimi rejalashtirildi. Chizma bo‘yicha
ijodiy mexnat natijalari amalga oshiriladi va nazorat qilinadi. Shu sababli chizma «texnika tili»
deyiladi.
U barcha ma’lumotli xalqlar uchun tushunarli bo‘lgan xalqaro tildir. Grafik ta’lim kasb-
xunar kollejlarida xam kasbiy, xam umumta’limiy axamiyatga egadir. U umumtexnik fanlari bilan
birgalikda tanlangan kasb bo‘yicha amaliy faoliyat uchun zaruriy bilim, malaka va
ko‘nikmalarning shakllanishini ta’min etadi. Bo‘lajak muhandis mutaxassislarning ish faoliyatida
grafik tayyorgarlik muhim o‘rin tutib, ularning grafik savodxonligini jaxon ta’lim andozalari
darajasidagi grafik ta’lim mazmuni va tuzilmalari asosida shakllantirish muxim vazifadir.
Kutilayotgan ishtirokchilar guruhi: Ushbu tavsiya qilinayotgan mavzu kasb-xunar kollejlari
o‘qituvchilari va texnik yo‘nalishda taxsil olayotgan talabalari ishtirokida amalga oshirilishi
rejalashtirilgan.
Mavzuning maqsadi: Mavzuning maqsadi kasb-xunar kollejlari o‘qituvchilari va texnik
yo‘nalishda taxsil olayotgan talabalariga ta’lim berishning interaktiv uslublari asosida
chizmachilik va muxandislik grafikasi fanida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash usullarini
o‘rgatish hisoblanadi.
Mavzuning vazifasi. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kasb-xunar kollejlari o‘qituvchilari
va texnik yo‘nalishda taxsil olayotgan talabalari uchun chizmachilik va muxandislik grafikasi
fanini o‘qitishning interaktiv uslublari rejasi ishlab chiqiladi. Kasb-xunar kollejlari talabalari
chizma chizish jarayonida zamonaviy texnologiyalar, animatsiya, multimediya va boshqa
texnologiyalardan foydalanishga erishiladi. Mazkur reja asosida bajarilgan amaliy ishlar tasvirga
tushirilib, maxsus dasturlarda institut va kasb-xunar kollejlari lokal tarmog‘iga o‘rnatiladi va yangi
veb sahifa yaratishga erishiladi. Undan ta’lim jarayonining turli sohalarida keng qo‘llaniladi.
Mavzuda quyidagi harakatlar bosqichma – bosqich amalga oshiriladi.
Birinchi-ikkinchi oylar: O‘zbekiston respublikasi va MDX davlatlari oliy o‘quv yurtlarida
faoliyat yuritayotgan “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” markazlari bazasi yaratilib, ular bilan
o‘quv-uslubiy, amaliy sohada aloqalar bog‘lanadi.
|
| |