|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 380
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
oluvchilar dars mashg‘ulotiga qatnashmasligi kabi ta'lim uzluksizligiga salbiy ta'sir etuvchi
muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
--Yangi tashkil etilgan professional ta'lim tizimida oldingi kasb-hunar ta'limi tizimidan farqli
kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari mavjud bo‘lib, pandemiya sharoiti bo‘lmagan taqdirda
ham sirtqi ta'lim shaklida bilim oluvchilarning o‘quv yuklamasi boshqa ta'lim shakllaridan ancha
farq qilishi ta'lim sifatining pasayishi, bilim oluvchilarning nisbatan kam bilimva ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi kuzatiladi. Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda sirtqi ta'lim shakli bilim oluvchilari
ham masofaviy tarzda "ixtiyoriy dars jadvali" asosida bilim olishlari maqsadga muvofiqdir.
-- «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yoshlarning kasblar
va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng
imkoniyatlar yaratish hamda professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli Qarori qabul
qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab professional ta'lim tizimida
"hayot davomida ta'lim" prinsipi asosida "dual" ta'lim tizimi joriy etilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bilim
oluvchilar xafta davomida kamida 2 kun ta'lim muassasasida bilim olib qolgan ish kunlari
o‘zlarining kasb va mutaxasisliklari mos ravishda korxonalarda yoki ishlab chiqarish tarmoqlarida
o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashi mumkin bo‘lib, korxona va tashkilotlar bilim
oluvchilarga ish xaqi to‘lashi nazarda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kasblar va
mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga sabab bo‘ladi. Biroq, xafta
davomida 2 kunlik nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlarda egallanadigan bilim va ko‘nikmalar
yoshlarning egallanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan mininmum talablarga
salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois, "dual" ta'lim tizimi bo‘yicha bilim olayotgan yoshlar 2
kunlik an'anaviy ta'lim 4 kunlik masofaviy ta'lim tizimi asosida "aralash" bilim olishlari maqsadga
muvofiqdir. Zero, bilim olish chegarasiz bo‘lib, yosh avlodning qisqa davr ichida samarali bilim
olishi va o‘z navbatida ishlab chiqarish tarmoqlari bilan uzviylikni ta'minlashi mamlakat
taraqqiyoti uchun ijobiy ta'sir ko‘rsatishi shubhasizdir.
Bugungi kunda professional ta'lim tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda bir qancha
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublika kollej va texnikumlariga abiturientlarning
hujjatlarini qabul qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazishda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining
idoraviy kollejlar uchun kollej.edu.uz hamda texnikumlar uchun texnikum.edu.uz onlayn elektron
platformasi ishga tushirildi. 2021 yilda esa professional ta'lim muassasalari bilim oluvchilari
hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda
professional ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ishsiz fuqarolarni bepul kasb o‘qitish qisqa
muddatli o‘quv kurslari tinglovchilarini yagona ro‘yxatga olish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida
prof-talim.edu.uz elektron platformalari yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda Respublikamizda axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlar tayyorlash
tizimida bir qancha ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, bunga misol tarzida Muxammad al-
Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir necha hududlarda
filiallari, "Bir million dasturchi" kabi yirik loyihalar tashkil etilganligini ko‘rsatishimiz mumkin.
Shu barobarda, professional ta'lim muassasalarida innovasion elektron platformalarni yaratish
hamda ulardan foydalanish, doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadida har bir muassasa
ma'muriy xodimlarini innovasion elektron platformalar yaratish bo‘yicha Davlat byudjeti
hisobidan maxsus o‘qitish hamda domiy ravishda malakasini oshirish tizimini joriy qilinishi
pedagog xodimlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini
oshirishga hamda tizimda yosh avlodni o‘qitishda yangicha yondashuvga erishishga zamin
yaratadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi zamon globallashuv sharoitida axborot
texnologiyalari vositasida kadrlar tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Zero, kundalik hayotimizda,
iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda va hayot faoliyatimizning barcha sohalarida axborot
texnologiyalaridan keng foydalanishimiz muqarardir.
|
| |