379
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish
maqsadida aholi bandligini
ta'minlash uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda
mehnat resurslari intellektual salohiyatini oshirish vazifalari ham bugunning dolzarb ahamiyat
kasb etuvchi masalalari qatoridan o‘rin egallaydi.
Hozirgi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi sharoitlarida har qanday tashkilot,
korxona va muassasaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanishi xodimlarning keng
dunyoqarashi va mas'uliyatliligi, eng muhimi, rahbar va jamoadagi
yuqori malakali kadrlarning
bilimi, ko‘nikmasi, iqtidori, ma'naviyati, boshqaruv qobiliyati, ilmiy salohiyati va boshqa
xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. Professional ta'lim muassasalarida raqobatbardosh, yuqori
malakali kadrlar tayyorlash, ulardan yurtimiz osoyishtaligi va obodligi,
xalqimiz farovonligi
yo‘lida maqsadli foydalanish qat'iy raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotining asosiy
talablaridan biridir. Chunki yuqorida keltirilgan global masalalarning ijobiy hal etilishida
mamlakatimizning ulkan ilmiy, ijodiy, intellektual va mehnat salohiyatining tarkibiy qismi
bo‘lgan, mustaqillik yillaridan hozirga qadar professional ta'lim muassasalarini bitirib, mehnat
bozorida bozor iqtisodiyoti
talablariga amal qilib, tashkilotlarda samarali faoliyat ko‘rsatib
kelayotgan yuqori malakali kadrlarning o‘rni ahamiyatlidir.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari
hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan professional ta'lim tizimini yaratish bo‘yicha
keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli
Farmoni ijrosi yuzasidan Respublikadagi kasb-hunar kollejlari faoliyati tugatilib, xalqaro
andozalarga mos bo‘lgan, ya'ni YUNESKO halqaro tasniflagichi(keyingi o‘rinlarda Xalqaro
tasniflagich yoki MSKO)ning 3,4,5 darajalariga mos keluvchi professional ta'lim tizimi joriy
etildi. Bunda, xalqaro tasniflagichining 3 darajasiga mos keluvchi kasb-hunar maktablari, 4
darajasiga mos keluvchi idoraviy kollejlar hamda 5 darajasiga mos keluvchi oliy ta'lim tizimi bilan
integratsiyalashgan texnikumlarni ko‘rishimiz mumkin. Hududlarda yangi professional ta'lim
muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning
ochilishi, professional ta'lim
muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar
hisoblanadi.
Hozirgi zamon sharoitida professional ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoni belgilangan
o‘quv me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlari ehtiyojlari
asosida integratsiyalashtirilgan holda hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Xalqaro andozalarga mos
keluvchi professional ta'lim tizimida qanday muammo va kamchiliklar mavjud? degan savollar
tug‘ilishi tabiiy. Bu savollarga javob berishda muammo va yechimlarni quyidagicha izohlashimiz
mumkin.
Birinchidan, yaqin yillar ichida butun dunyoda inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi
yuqumli
kasalliklar jumladan, koronavirus infeksiyasi kabi viruslar aholi o‘rtasida gigiena
qoidalariga rioya etish, ijtimoiy masofani saqlash kabi profilaktik chora-tadbirlar ta'lim
muassasalarida ham o‘quv jarayonini an'anaviy shaklidan masofaviy ta'limga o‘tishga ehtiyoj
tug‘ildi.Oliy ta'lim tizimida aksariyat oliy ta'lim muassasalarida MOODLE dasturiy ta'lim
platformasi asosida masofaviy ta'lim tashkil etildi. Biroq ayni shu vaqtda professional ta'lim
tizimida ham o‘quv jarayonini masofaviy tarzda amalga oshirishda "Aqlli ta'lim" platformalari
mavjud emasligi sababli ijtimoiy tarmoqlar va turli xil mesendjerlar orqali o‘quv mashg‘ulotlari
olib borildi. Bu esa o‘z navbatida ta'lim sifatini pasayishi, nazorat tizimidagi
muammolar, o‘quv
mashg‘ulotlarga bilim oluvchilarning o‘z vaqtida qatnashmasligi, hududlardagi internet
tarmog‘idagi muammolar, mashg‘ulot materiallari bit-xajmi turlicha bo‘lgani sababli ulardan
foydalanishdagi qiyinchiliklar hamda pedagog xodimlar va bilim oluvchilarda ortiqcha internet
trafiklari sarflanishi oqibatida xarajatlarning ko‘payishiga va buning natijasida ayrim bilim