377
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
3. Isanov.A.P. Otm faoliyatini baxolash bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar metodikasi.Jizzax
xalqaro ilmiy-amaliy ronferensiya oktyabr 2022yil.
TA’LIMNI NOMARKAZLASHTIRISHNING TA’LIM TIZIMIGA KO‘RSATGAN
TA’SIRI
Axmedov To‘ychi Adashevich
Maktab menejmenti kafedrasi
dotsenti
Aziza Qarshiboyeva
JDPU Maktab menejmenti yo‘nalishi talabasi
Ta’lim insonni yaratmaydi, balki unga o‘zini yaratishga imkon beradi.
Mauris Debesse
Insoniyat paydo bo‘lgan davr, ibtidoiy jamoa tuzumi davridan to hozirgi paytgacha ming-
mingdan ortiq o‘zgarishlar yuz berib kelmoqda. Ijtimoiy hayot sharoiti va darajasini yaxshilash,
oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va yangi turlarini o‘ylab topish, xavfsizlikdan tortib
o‘zini o‘zi rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni bunga misol qilishimiz mumkin.
Bularning
barchasining negizini bir so‘z bilan aytganda, ta’lim tashkil etadi.
Ta’lim shu qadar umumiy va tizimli xususiyatga ega bo‘lib, atrofimizni qurshab turgan
butun borliqni, hattoki, o‘zligimizni ham u orqali anglab yetamiz. O‘zimiz bilib yoki bilmagan
holda ushbu ulkan tizimni harakatga keltiruvchi, o‘z o‘rnida undan ijobir yo salbiy ta’sirlanuvchi
ishtirokchisi hisoblanamiz.
Ta’lim tizimi- davlatdagi ta’lim turlarini, standartlarini va ularning hammasini talab, hamda
vakolatlarini boshqaruvchi sistema. Ta’limga berilgan e’tibor mazkur
davlat yoki jamiyatning
barcha jihatlarining ham yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, albatta. Chunki, barcha soha
ta’limda boshlanib, talimda tugaydi. Shu tufayli ta’limning tizimlashtirilishi va uzviylashtirilishi
g‘oyat ahamiyatlidir.
Ta’lim tizimini ortiqcha markazlashtirmaslik, davlat aralashuvini qisman bo‘lsada
kamaytirish, bu sohaning mustaqilligini oshirish ta’lim tizimiga qanchalik foyda beradi?
Hech kimga sir emaski, biz hozirda tezkor axborotlashuv va kuchli raqobat maydonidamiz.
Bu jarayonda davlat soha yo‘nalishlarini nomarkazlashtirish davlat foydasiga qanchalik samarali?
Kundan kunga axborot oqimi tinimsiz yangilanib borayotgan bunday bir davr barchani
harakatga keltirishga undaydi. Davlat nomarkazlashtirishdan aslo cho‘cjimasligi kerak. Negaki,
erkinlik va mustaqillik bor joyda innovatsiyalar va rivojlanish bo‘ladi.
Zamondan orqada
qolmaslik, raqobatdoshlikni mustahkamlash va yuqori reytingga bo‘lgan intilish, mustaqillik bor
joyda taraqqiy etadi. Shu o‘rinda, ta’lim ham bundan mustasno emas.
Nomarkazlashtirish butun dunyo bo‘ylab asta-sekin yoyilib bormoqda. Buning natijasini
rivojlangan mamlakatlarda ro‘y berayotgan so‘nngi o‘zgarishlar va olib borilayotgan siyosiy
strategiyalar misolida ko‘rishimiz mumkin. Nomarkazlashtirish o‘qituvchilarga
mahalliy
kontekstni hisobga olish va ular o‘qitayotgan talabalar orasidagi xilma-xillikni hal qilish imkonini
beradi. Shu sababli, ta’limda boshqaruvni nomarkazlashtirish Finlandiya jamiyatida
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va o‘qituvchi maqomini talqin qilishning Fin
usuli bilan kuchli
bog‘liqdir.
Ta’limni nomarkazlashtirishni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’muriy tomonlama amalga oshirish
mumkin. Davlat ta’lim sifati va ta’limga qo‘yilgan talab, standartlar ustidan nazoratni saqlab qolib,
ma’muriy boshqaruv, ta’lim muassasasini moliyalashtirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va
keng joriy etish funksiyalarni to‘la qonli ta’lim muassasalari va tashkilotlariga bermog‘i darkor.
Buning samarali bardavomligi uchun ta’lim talablari va standartlarini ham qaytadan tahrirlagan
ma’qul deb o‘ylayman. Davlat ta’lim standartlarining YUNESKO
tomonidan qabul qilingan
xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartiga mos kelishi zarurati bilan bog‘liq. Vaholanki, bu