|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 378
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
xalqaro standartda ta’lim sohasining barcha bosqichlariga oid me’yorlar aslida qanday bo‘lishi,
qay tarzda bo‘lsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq belgilab berilgan. Holbuki, jahon
tajribasiga ko‘ra, milliy ta’lim standartlari o‘z ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga ega
bo‘lgan davlat tajribasiga emas, balki xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartlariga asoslanishi
zarur. Shunda jahon standartlari talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash imkoni oshadi.118 Yuqorida aytilgan bu fikr yana bir bor ta’limga bo‘lgan
qarashni o‘zgartirmoqda.
Nomarkazlashtirish respublika bo‘ylab, dastlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish bilan
boshlangani hammaga ma’lum. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabr kuni qabul qilingan
tegishli qaroriga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan 10ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov
tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tdi. Bu esa oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-
kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarga to‘lov summasi va muddatlarini shartnoma asosida
belgilash imkonini beradi. Shu o‘rinda, bizda savol tug‘ilishi mumkin:
Nomarkazlashtirish tufayli mustaqillikka erishgan OTM faoliyati salbiy tomonga og‘ib
ketmaydimi?
Vakolatli OTM faoliyati ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Bu savollarga esa davlat belgilab qo‘ygan qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali javob
berishimiz mumkin, ya’ni DTS(Davlat ta’lim standarti), “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari orqali
bunday salbiy jarayonlarni oldini olish mumkin. Nomarkazlashtirish bir oliy ta’lim muassasasiga
boshqa oliy ta’lim muassasasidan o‘quv rejalari, hamda o‘quv dasturlari bo‘yicha qarab
qolmaslikni, o‘zini o‘zi moliyalashtirish esa davlat budjetiga foyda berib, davlat iqtisodiy
ahvolining yaxshilanishiga ko‘maklashadi. Bularga qo‘shimcha qilib, nomarkazlashtirish jarayoni
keng yoyilgan sharoitda aholining o‘zi oliy ta’lim reytingini belgilashda bosh omil hisoblanadi.
Masalan, aholining fikri oliy ta’lim muassasasining istiqboli, raqobatbardoshligini oshiradi va
aksincha salbiy munosabat bildirilgan ta’lim muassasasi tanqid ostiga olinib, keyinchalik butunlay
ish faoliyatini tugatishi ham mumkin. Bu esa endilikda faqat miqdor emas, balki u bilan birgalikda
sifatning ham oshishiga erishish imkonini beradi. Shu xususda, rus pedagoglari ustozi Konstantin
Dmitreivich Ushinskiyning quyidagi so‘zlarini eslab o‘tishimiz o‘rinlidir: “Talaba boshining
mustaqilligi har qanday samarali ta’limning yagona mustahkam poydevoridir”.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, ta’lim tizimini nomarkazlashtirish va bu
boradagi chora-tadbirlar ta’lim yutuqlari va istiqbollarining bardavom bo‘lishiga, qolaversa, davlat
va jamiyat, balki butun jahon ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajalarini yaxshilashiga ham xizmat qiladi.
|
| |