385
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
3.
Ishmuxamedov R., Abdukodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar (ta'lim muassasalari tarbiyachi-ukituvchilari va gurux
raxbarlari uchun amaliy
tavsiyalar) - T.: Iste'dod, 2010. - 1416.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda "Professional ta'lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni.
Ma'rifat gazetasi 18.09.2019y.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta'lim tizimini yanada
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-
son Farmon
BENCHMARKING VOSITASIDA O‘QITISH SIFATINI TA’MINLASH
Anvarova Sadoqat
Omonjon qizi
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Jaxon miqyosida fan va texnika taraqqiyotining jadallik bilan rivojlanishi interfaol
ta’limning muhim vositasi sifatida YANGI
avlod darsliklarini yaratish, shaxsga yo‘naltirilgan
darsliklarda o‘quv didaktik materiallarini tizimlashtirishning innovatsion indikatorlarini ishlab
chiqish zaruratini yuzaga keltirdi. Jahonning AQSH,
Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya kabi
rivojlangan
davlatlarida kompetensiyaviy, modulli-kredit yondashuvlar tizimli-integratsion,
asosida yangi avlod darsliklarini yaratishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga
aloxida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlariga muvofiq (PISA, TIMSS,
PIRLS) o‘quvchilarda o‘qish va matnni tushunish, kreativ fikrlash imkonini beradigan darsliklar
yaratish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanaladi.
Dunyoda umumta’lim fanlaridan uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan YANGI
avlod Darsliklarini yaratishning didaktik va metodik talablarini takomillashtirish, ilg‘or pedagogik
va axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida darsliklarni yaratishning
tashkiliy-funksional
tuzilmasini ishlab chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yangi avlod darsliklarida
o‘quv materiallarini tizimlashtirishda kompetensiyaviy yondashuvning pedagogik imkoniyatlarini
to‘liq hisobga olish, benchmarking metodini qo‘llash asosida darsliklar yaratish bo‘yicha
integrativ talablarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu asosida yangi avlod darsliklarini yaratishning didaktik funksiyalarini aniqlashtirish,
o‘quv materiallarini tizimlashtirishning maqbul mexanizmini ishlab
chiqish muhim dolzarblik
kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
"Ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘kuv va laboratoriya asboblari. kompyuter texnikasi va o‘quv-
metodik qo‘llanmalar bilan jixozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
yuzasidan maqsadli chora- tadbirlarni ko‘rish" kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa,
umumta’lim fanlaridan yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasini takomillashtirish, darslik
sifatini baxolash mezonlari va metodikasini ishlab chiqishni takozo etadi.
Benchmarking har qanday tashkilot faoliyatini yaxshilashning samarali vositasi bo‘lib,
hozirda dunyoning turli mamlakatlarida biznesda keng qo‘llaniladi.
Benchmarking raqobatbardosh tashkilotlar yoki o‘z sohasidagi tan olingan yetakchilarning
faoliyatini baholash va o‘rganish asosida ularni modernizatsiya qilish doirasida to‘plangan
tajribani qo‘llash imkoniyati bilan biznes jarayonlarini nisbatan tez va arzon narxlarda
yaxshilashga yordam beradi.