|
Jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Dunyoning taraqqiyot yuliga kirgan aksariyat demokratik mamlakatlari davlat boshqaruvi
tizimini nomarkazlashtirishda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, kraudsorsing va
autsorsing texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini
joriy etish bilan bog‘lik nazariya va amaliyotga alohida extiyoj sezmoqda. Shu bilan birga,
markaziy davlat xokimiyati vakolatlarini quyi organlarga uzatishda maxalliy xokimiyatning
siyosiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlarini ko‘paytirish bilan boglik nazariy va xuquqiy
muammolar xam mavjud. Shuning uchun bugungi kunda dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot
markazlari o‘z izlanishlarida davlat boshqaruvi tizimiga kiruvchi xokimiyat organlari o‘rtasidagi
vazifa, funksiya va vakolatlar takrorlanishining oldini olish xamda fukarolik jamiyati
institutlarining davlat boshqaruvi tizimida yetarlicha ishtiroki ta’minlanmaganligi kabi
muammolarga e’tibor qaratmoqda.
Maxalliy xokimiyatni nomarkazlashtirish jarayoni bosqichlarining asosiy kismi bo‘lib, bu
vazifalarni amalga oshirishda xalkaro tajribani o‘rganish, bu soxadagi jahon tajribasini amaliyotga
keng tatbik etish masalalari eng dolzarb va muxim vazifalaridan biridir. Bu borada «O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy isloxotlar konsepsiyasi da belgilangan ustuvor vazifalarni amalga
oshirish bo‘yicha oldimizda turgan muxim vazifalardan biri davlat xizmatining samarali tizimini
shakllantirish, davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirishda xar bir boshkaruvchi bo‘g‘in
vazifasi, vakolatlari va mas’uliyatini anik belgilashning tashkiliy- xukukiy asoslarini ishlab
chikishga aloxida e’tibor karatish ushbu masalaning dolzarbligini ifodalaydi.
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi «O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi (32, 78, 93, 98. 103 va 117-moddalariga). 2014 yil 5 maydagi «Davlat xokimiyati
vaboshqaruvi organlari faoliyatining ochikligi to‘g‘risida»gi, 2016 yil 11 apreldagi «Parlament
nazorati tugrisida»gi konunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-
4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘grisida»gi Farmoni, 2017 yil 8 sentabrdagi PF-5185-sonli «O‘zbekiston Respublikasida
Ma’muriy isloxotlar to‘grisidagi konsepsiyasini tasdiklash to‘g‘risida»gi Farmoni va mavzuga oid
boshka me’yoriy-xukukiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada
xizmat kiladi.
O‘zbekistonda davlat ijroiya xokimiyati boshkaruv tizimi nomarkazlashtirishga doir
dastlabki goyalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti asarlarida ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan «Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan g‘oya asosida 2016-2017
yillarda mamlakatda Davlat Xokimiyati organlarini modernizatsiyalash nomarkazlashtirish
maqsadida 2017 yil 8 sentabrda «O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy isloxotlar konsepsiyasi»
ishlab chiqildi va mahalliy va uning konseptual vazifalari amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur
konsepsiya o‘zida davlat boshqaruvining konseptual yangi milliy modelini namoyon kilib, ilmiy
ishimizning metodologik asosi bo‘lib xizmat qilgan. Davlat xokimiyati organlarini
nomarkazlashtirish asosida davlat va xokimiyat organlarini nomarkazlashtirish asosida
modernizatsiyalashning nazariy jixatlari dastlab V. Ronald, S.Paul, Jon Styuart Mill, T.Parsons,
R.Aron, Fridrix fon Xayek, Vilgelm fon Gumboldt, Aleksis de Tokvil, Benjamen Konstan.
D.Iston, G.Almond. R.Dal, K. Doych, S.Xantington. G.Lassuel, E.Dyurkgeym. V.I.Vasilev,
V.Romanyuk, T.Falleti, M.Muramatsu, V.Kitamura, L.Arendt, R. Akvua, G.Xollis, K.Plokker
F.Beyley, R.A.Chapman va M.Shixan. N.Menning, N.Parison. J.B.Albertini, J.M.Koxen,
S.B.Peterson, Ye.Foster. L.V. Karino kabi xorijiy olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Chet el olimlari tomonidan bu soxada ilgari surilgan nazariya va g‘oyalarda davlat markaziy
Va mahalliy xokimiyati organlarini nomarkazlashtirish jarayoni turli milliy va ma’muriy
xususiyatlar asosida kechishi tahlil etilgan.
Davlat xokimiyati organlarini nomarkazlashtirish masalalari jaxondagi yirik institutlar
World Bak, ADB, Tacis va boshkalar etildi. Umuman, jaxon tajribasi umumlashtirilganda,
nomarkazlashtirish jarayoni turli shakllardan iborat ekanligiga e’tibor karatiladi
|
| |