|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 393
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
davlatlarda shakllangan uchta asosiy modeli mavjudligini ko‘rsatdi: Buyuk Britaniyada
"devolyusiya". Fransiyada "dekonsentratsiya". Germaniyada vakolatlarni kuyiga "uzatish".
Ta’limni nomarkazlashtirishni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’muriy tomonlama amalga oshirish
mumkin. Davlat ta’lim sifati va ta’limga qo‘yilgan talab, standartlar ustidan nazoratni saqlab qolib,
ma’muriy boshqaruv, ta’lim muassasasini moliyalashtirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va
keng joriy etish funksiyalarni to‘la qonli ta’lim muassasalari va tashkilotlariga bermog‘i darkor.
Buning samarali bardavomligi uchun ta’lim talablari va standartlarini ham qaytadan tahrirlagan
ma’qul deb o‘ylayman.
Davlat ta’lim standartlarining YuNESKO tomonidan qabul qilingan xalqaro ta’lim
klassifikatsiyasi standartiga mos kelishi zarurati bilan bog‘liq. Vaholanki, bu xalqaro standartda
ta’lim sohasining barcha bosqichlariga oid me’yorlar aslida qanday bo‘lishi, qay tarzda bo‘lsa,
yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq belgilab berilgan. Holbuki, jahon tajribasiga ko‘ra,
milliy ta’lim standartlari o‘z ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan davlat
tajribasiga emas, balki xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartlariga asoslanishi zarur. Shunda
jahon standartlari talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash imkoni oshadi.123 Yuqorida aytilgan bu fikr yana bir bor ta’limga bo‘lgan qarashni
o‘zgartirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, nomarkazlashtirish bu maxalliy mikyosda davlatning ma’muriy
hokimiyatidan mustakil saylanadigan xokimiyatning mavjudligini ifodalab, bunda maxalliy
xokimiyat konunchilik doirasida o‘z vakolatlari va majburiyatlarini amalga oshiradi, davlat
nazoratidagi o‘zini o‘zi boshkarish makomini oladi. Shu ma’noda, nomarkazlashtirishni maxalliy
o‘zini o‘zi boshkarish va demokratik prinsiplardan alohida vokelik sifatida ajratib olib bo‘lmaydi.
|
| |