|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 392
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘zbekistonda davlat va maxalliy xokimiyat organlari boshqaruvini demokratlashtirish yoki
nomarkazlashtirishga doir nazariy jixatlar siyosatshunos va xuquqshunos olimlar A.Oripov,
B.Jo‘raev, A.Begmatov, S.Doliev, R.Madirimov, O.T.Xusanov, M.Qirg‘izboev, R.Z.Jumaev,
Sh.Jalilov, F.Musaev, M.Qorieva, F.Jurakulov122 kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
Nomarkazlashtirishning umumiy tamoyillari doirasida shuni kuzatish mumkinki, xar bir
mamlakatda nomarkazlashtirishning o‘ziga xos sababi, shakli va natijalari mavjud bulib, xar bir
davlatdagi markaziy va maxalliy xokimiyat organlari o‘zaro munosabatlarining tabiati, genezisi
va tadriji, tayanch ijtimoiy kadriyatlarining noyob jixatlari o‘zini namoyon etadi. Shu bois, mazkur
bobda davlat ijroiya xokimiyati organlarini nomarkazlashtirish nazariyasi, rivojlanishi, turli
talkinlari xamda rivojlangan davlatlar ijroiya xokimiyati organlari tizimini nomarkazlashtirish
tajribasi kabi muammolar ilmiy jixatdan tadkik etiladi.
AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa davlatlari siyosatshunos olimlari 1982-2005 yillarda
rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirgan davlat ijroiya xokimiyatini islox etish jarayonini uch
xil atama bilan talkin etadi: "ma’muriy isloxotlar", "modernizatsiyalash", "nomarkazlashtirish".
Bizningcha, bu tushunchalar o‘rtasida ancha tafovutlar mavjud. "Davlat boshqaruvini
modernizatsiyalash davlat xokimiyati organlarini bir- birlari bilan uzviy alokadorlikda islox
etishdan iborat jaraën bo‘lib, u birdaniga 8 ta yo‘nalishida isloxotlar olib borishni takozo etadi: 1)
xususiylashtirish; 2) nomarkazlashtirish; 3) davlat xizmat ko‘rsatish sifati va ularni taksimlash
mexanizmlarini yaxshilash, 4) davlat xizmatini islox etish va inson resurslarini rivojlantirish; 5)
davlat boshkaruv organlari faoliyati va strukturalarini takomillashtirish; 6) davlat MOLIYaSI va
budjetini boshkarishni takomillashtirish; 7) axborot texnologiyalarini joriy etish; 8)
modernizatsiyalash jarayonlarini monitoring kilish va natijalarni baholash""Nomarkazlashtirish"
tushunchasiga ma’muriy yondashuv "Siyosiy fan elementlari" kitobi mualliflari - F.Beyley.
R.A.Chapman va M.Shixanlar talkinlarida ham uchraydi. Ularning fikricha, "nomarkazlashtirish
unitar va federativ davlatlarda kullaniladigan - vakolatlarni kuyiga uzatish ma’muriy texnika
sifatida ko‘rinadigan - bir siyosiy tizim ichida karorlar kabul kilish vakolatini oliy va yukori
organlardan kuyi va maxalliy organlarga uzatishdir" Lekin ko‘pchilik tadkikotchilar
nomarkazlashtirishning barcha turlarini e’tirof etib, ularning bir-biriga O‘zaro alokadorligi, bir-
birlarini to‘ldirishini, umumiy tamoyillarni kuchaytirishda muxim axamiyat kasb etishini
ta’kidlaydi. Shuningdek, samarali nomarkazlashtirishni hokimiyat kuyi organlarining birmuncha
mustakilligisiz va demokratiya prinsiplariga tayanmay turib amalga oshirib bo‘lmasligi xorijiy
tajribalarda o‘z isbotini topdi.
Nomarkazlashtirishning umumiy tamoyillari doirasida shuni kuzatish mumkinki, xar bir
mamlakatda nomarkazlashtirishning o‘ziga xos sababi, shakli va natijalari mavjud bo‘lib, xar bir
davlatdagi markaziy va maxalliy xokimiyat organlari o‘zaro munosabatlari tabiati, genezisi va
tadriji, tayanch ijtimoiy kadriyatlarining noyob jixatlari o‘zini namoyon etadi. Masalan, Buyuk
Britaniyada asrlar mobaynida shakllangan fukarolik jamiyati, Germaniyadagi klassik davlatchilik,
Fransiyadagi fukaroviylik kabilar mazkur mamlakatlar davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishda
tayanch an’anaviy kadriyatlar vazifasini bajardi. Lekin turli vaktlar va xolatlarda davlat
boshqaruvini islox etishni umumlashtirish va tahlil etish asnosida nomarkazlashtirishning turli
122
Каранг: Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмокда. -Тошкент: Ўзбекистон, 2000,41-245-
бетлар.; Азизхўжаев А.А. Давлатчилик ва маънавият.-Тошкент:Шарк,1997.; Орипов А. Давлат бошкарувида
ахборот-коммуникация технологиялари. -Тошкент: Ўзбекистон, 2005.; Ҳусанов О. Мустакиллик ва маҳаллий
хокимият.-Тошкент:Шарк,1996.; Жумаев P.3. Политическая Система Республики Узбекистан:становление и
развитие.-Ташкент: Фан,1996.; Киргизбоев М. Фукаролик жамияти сиёсий партиялар, Снëсий
мафкуралар,сиëсий маданиятлар.-Тошкент:Шарк, 1998.; Партология.-Тошкент: Академия, 2007.; Мусаев Ф.
Демократик давлат куришнинг фалсафий-хукукий асослари.-Тошкент:
Ўзбекистон, 2007.; Жалилов Ш. Давлат хокимияти махаллий органлари ислохоти: тажриба ва
муаммолар.- Тошкент: «Ўзбекистон", 1994.: Жўраев Б. Ўзбекистонда давлат ва жамият курилишини
эркинлаштириш.- Тошкент: «Академия", 2007.; А. Бегматов. С. Долиев, Р. Мадиримов. Эркинлаштириш -
жамият ҳаётини демократлаштиришнинг мухим йўналиши. - Тошкент: «Янги аср авлоди, 2004.; Корнева М.
Мустакиллик -эркин ва фаровон хаёт. Тошкент: Шарк", 2009.
|
| |