398
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Turli sohalarda global, regional va lokal monitoringni o‘tkazish, o‘sha
sohaning holati
bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lish, faoliyatning natijalarini tahliliy umumlashtirish, oldindan
bashorat qilishni ta’minlab beradi.
Monitoringning maqsadi ta’lim muassasalari va boshqaruv organlari tomonidan mazkur
sohaga doir qabul qilingan hukumat qarorlarini amalga oshirish, ta’lim va tarbiya mazmunini
takomillashtirish, o‘quvchilarga berilayotgan bilim sifatini oshirish bilan bog‘liq
faoliyatlarini
o‘rganish va tahlil etish hamda bu borada muassasalar, jamoalarga amaliy yordam berishdan
iboratdir. Ta’lim sifatini monitoring jarayonini hayotga tadbiq etish tashkiliy-pedagogik ishlardan
boshlanadi. Jumladan, monitoring tizimi asosida ta’lim muassasalarida
zamonaviy talablarga
javob beruvchi, ta’limning rivojlanishiga samarali ta’sir etuvchi, takomillashtirishga ijobiy yo‘l
ochuvchi faoliyat dasturi belgilanib, ish uslubi va yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi, boshqaruv
tuzilmasining maqbul ko‘rinishlari joriy etiladi. Bugungi kunda monitoring jarayonida yangi
axborot texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida hozirgi
paytda monitoring jarayonlariga zamonaviy kompyuter texnologiyalari kiritilib, elektron
monitoring tizimini takomillashtirish dolzarblik kasb etmoqda.
Ta’lim muassasasalarida pedagogik monitoring – bu materiallarni yig‘ish, ishlov berish va
pedagogik tizimning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash,
ularning holatini uzluksiz
kuzatilishini ta’minlash, zamonaviy tuzatishlar va rivojlanishini bashorat qilishdir.
Ta’lim muassasalarida monitoring tizimi quyidagi vazifalarni o‘ziga jamlagan:
- monitoring obyektlari yo‘nalishini tanlash;
- har bir yo‘nalish bo‘yicha diagnostik baza yaratish;
- natijalarni umumlashtirilgan holda tahlil qilish va boshqaruv qarori qabul qilish.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra monitoring tizimi quyidagi keltirilgan turlarga bo‘linadi.
1.Didaktik monitoring negizida o‘qitish natijalarini kuzatib boriladi; 2.Tarbiyaviy monitoringda
tarbiya jarayonining har xil tomonlari kuzatilib, bunda o‘quv jarayoni qatnashchilarining
munosabatlarining
aloqa tizimi, o‘zaro ta’sirlarining xarakterli tomonlari inobatga olinadi. 3.
Boshqaruv monitoringi – tizimning har xil darajadagi boshqaruvida munosabatlarning o‘zaro
ta’siri kuzatiladib ya’ni rahbar-pedagoglar jamoasi; rahbar-o‘quvchilar jamoasi; rahbar – ota-
onalar jamoasi; rahbar-ta’lim muassasasidagi tashqi muhit; pedagog-pedagog; pedagog-o‘quvchi;
pedagog-oila kabilarni inobatga olinadi. 4. Ijtimoiy-psixologik monitoring – shaxsiy, kollektiv-
guruh munosabatlar tizimini kuzatish, jamoa, guruhda psixologik muhit xarakterini o‘rganish
maqsad qilib olinadi [1].
Ta’lim muassasasida monitoring o‘tkazishdan maqsad, ta’limning holati bo‘yicha aniq
ma’lumotga ega bo‘lish, faoliyatning natijalarini
analitik umumlashtirish, prognoz qilish
rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Monitoringning vazifasi:
- ta’lim tizimiga qarab savollar turlarini tanlash texnologiyasi va ma’lumotlarni yig‘ish
metodikasini yaratish;
Pedagogik monitoring turlari
2.1-jadval
Monitoring turlari
Mohiyati
Didaktik monitoring
O‘qitish
natijalarini kuzatish
Tarbiyaviy monitoring
Tarbiya jarayonining har xil tomonlarini kuzatish
Boshqaruv monitoringi
Tizimning
har
xil
darajadagi
boshqaruvida
munosabatlarning o‘zaro ta’sirini kuzatish
Ijtimoiy-psixologik
monitoring
Shaxsiy, kollektiv-guruh munosabatlar tizimini kuzatish