400
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM MUASSASALARINI TIZIMLI RIVOJLANTIRISH
MASALALARI
Xolmurzayeva Dilorom
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistri
Mamatqulov Davlat PhD., dots
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat
va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi125.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini
kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va
jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh
qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini
liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish
hamda hududlarni jadal
rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini Yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad
manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat
jihatidan Yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Parlamentga Murojaatnomasi,
mohiyat e’tiboriga ko‘ra, xalq manfaatlarini himoyalash, tinchligini asrash, uni faol, bilimdon va
yanada harakatchan qilish orqali boy, farovon va baxtli millatga aylantirish maqsadining yorqin
ifodasidir. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan munosib o‘rin olishdek ulug‘
maqsadlarga zamonaviy bilimlarga ega bo‘lmasdan turib erishish mumkin emas. SHu boisdan ham
Prezident tomonidan quyidagi fikr alohida ta’kidlandi:
“Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz
jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak,
zamonaviy
bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz
o‘zgaradi”126.
Prezidentimizning mazkur fikrlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, yuksak taraqqiyotga erishishda
to‘rt muhim talab, ya’ni jamiyatimizning barcha qatlamlari vakillarining ulug‘ maqsadlar yo‘lida
birlashib, jipslashuvi, ishni sifatli va samarali bajarishga bo‘lgan mas’uliyat, zamonaviy bilimlar
va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirib olish hamda Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi
fidoiylik taqozo
etiladi. E’tibor qiladigan bo‘lsak, Prezident tomonidan yuksak taraqqiyotga erishish uchun moddiy
imkoniyatlar, moliyaviy resurslar kerakligi, er osti va er usti boyliklari,
tashqi siyosat yoki
xavfsizlik zaruratidan ham ko‘ra ko‘proq inson salohiyatini yuksaltirish va inson kapitalini
rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq omillarga urg‘u berildi. Bunday yondashuvning bejiz emasligi
O‘zbekistonni jadal rivojlantiruvchi Harakatlar strategiyasini amalga oshirish mobaynida
bajarilgan bunyodkorlik ishlarining barchasi aynan insonni rozi qilishga, uning uchun zarur hayot
sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilayotgani bilan asoslanadi.
Yangi O‘zbekistonni yaratish yo‘lida qilingan ishlarning faqat ayrimlariga to‘xtaladigan
bo‘lsak, amalga oshirilgan ishlar ko‘lami barchani beixtiyor hayratga soladi. Xususan,
maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish darajasi 2016 yildagi 12
foizli
125
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda.
126
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019
yil 10 dekabr. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 03/19/591/4130-son.