|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 401
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qamrovdan o‘tgan uch yilda 52 foizli qamrovga ko‘tarilgani, mamlakatimizdagi oliy ta’lim
muassasalari soni 68 tadan 117 taga etib, o‘qishga bitiruvchi yoshlarni qamrash ko‘lami 8 foizdan
20 foizga oshgani va qurilish industriyasi qayta tiklanib, uch yilda uy-joy qurish ishlari 3 baravar
ortgani, sog‘liqni saqlash ishlari tubdan isloh etilib, har bir viloyat markazida zamonaviy
Kardiologiya shifoxonalari barpo etilgani,
2019 yilning o‘zida 634 ta tibbiyot muassasasi ishga tushirilgani, “Obod qishloq”, “Obod
mahalla” dasturlari asosida 116 ta mahalla hayoti tubdan o‘zgargani va odamlarni rozi qilishga
qaratilgan boshqa yuzlab misollarni keltirish mumkin. Prezidentimizning har bir vatandoshimizni
uy-joyli qilish borasida xalqimizni to‘lqinlantirib yuborgan quyidagi so‘zlarini tarixiy ahamiyatga
ega deyish mumkin: “Mening eng 401ata niyatim shuki, Vatanimiz ichra har bir inson o‘zining
“kichik vatani”ga – uy-joyiga ega bo‘lsa, bizdan xalqimiz ham, Yaratgan ham rozi bo‘ladi”.
Prezidentimiz Murojaatnomada xalqimizning hayotga qarashlari islohotlar natijasida nafaqat
kundalik maishiy, iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan talablarni bajarishga, balki
yuqori intellektual va ijtimoiy ehtiyojlarni hamqondirishga qarab o‘zgarib borayotganligiga
alohida to‘xtaldi.“Bugun xalqimizning tafakkuri ham, dunyoqarashi ham, talab va ehtiyojlari ham
butunlay o‘zgargan. Xalqimiz hammadan ziyrak va ulug‘dir”.
Shu boisdan ham Prezidentimiz tomonidan iqtisodiy yangilanishlarni ham, investitsiyadan
tortib, zavod-fabrikalar qurishgacha, tashqi siyosatgacha bo‘lgan barcha yangilanish va taraqqiyot
jarayonlarini insonni takomillashtirish, ya’ni ijtimoiy rivojlanishdan ayri holda tasavvur etib
bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda. “Biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad
qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-fan, ma’rifat va innovatsiya bilan erisha
olamiz”.
Bugungi kunda ta’lim muassasalari ilmiy tadqiqot faoliyatining joriy holati hozirda
respublika oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning shtat jadvali bo‘yicha umumiy
soni 26 837 nafarni, shundan fan doktorlari 2 201 nafarni, fan nomzodlari 7 769 nafarni tashkil
etadi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga (10 802 nafar) va Farg‘ona viloyatiga (1
773 nafar), eng past ko‘rsatkich esa, Navoiy viloyatiga (635 ta) va Sirdaryo viloyatiga (420 nafar)
to‘g‘ri kelmoqda. Respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati o‘rtacha 37,1% ga teng
bo‘lib, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga (ya’ni, 42,3%) va eng past
ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga (24%) to‘g‘ri keladi127.
Respublika oliy ta’lim muassasalarida bajarilayotgan ilmiy loyihalarning umumiy soni 617
tani tashkil etadi, shundan ajratilgan mablag‘ 1 mln. 752 ming AQSH dollari qiymatidagi 218 ta
xalqaro loyihalar, 21 mlrd. 300 mln. so‘mlik 210 ta fundamental loyihalar, 37 mlrd. 183 mln.
so‘mlik 265 ta amaliy loyihalar, 7 mlrd. 540 mln. so‘mlik 42 ta innovatsion loyihalar, 5 mlrd. 543
mln. so‘mlik 81 ta yosh olimlar fundamental va amaliy loyihalari bajarilmoqda. Bunda hududlar
kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga (453 ta) va Samarqand viloyatiga (38 ta), eng
past ko‘rsatkich esa, Sirdaryo viloyatiga (3 ta) va Jizzax viloyatiga (1 ta) to‘g‘ri keladi.
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan doktorantlarning soni 2 794
nafarni, shundan tayanch doktorantlar (PhD) 2 643 nafarni, doktorantlar (DSc) 151 nafarni tashkil
etadi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan
doktorantlarning soni 2 054 nafarni tashkil qilib, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich
Toshkent shahriga (1 173 nafar) va Samarqand viloyatiga (181 ta), eng past ko‘rsatkich esa,
Navoiyviloyatiga (18 ta) va Jizzax viloyatiga (17 ta) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida dissertatsiya himoyalari bo‘yicha
Ilmiy kengashlarning umumiy soni 86 tani tashkil etadi, shundan 51 tasi Toshkent shahrida, 35
tasi viloyatlarda, shundan 13 tasi Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida
faoliyat yuritadi. Jizzax viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida dissertatsiya himoyalari
127
ILM, MA’RIFAT VA RAQAMLAShTIRISh – MILLIY YuKSALISh GAROVI O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida O‘QUV-USLUBIY
MAJMUA.T-2020
|
| |