|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 402
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bo‘yicha Ilmiy kengash mavjud emas128, Qashqadaryo viloyati, Navoiy viloyati va Surxondaryo
viloyatlarida bor-yo‘g‘i 1 tadan dissertatsiya himoyalari bo‘yicha Ilmiy kengashlar tashkil etilgan.
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida 2019 yil yakunlari bo‘yicha jami 1056 nafar
doktorant, shundan 153 nafari DSc ilmiy darajasini olish uchun va 903 nafari PhD ilmiy darajasini
olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilishgan. Bunda hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich
Toshkent shahriga (464 nafar) va Samarqand viloyatiga (66 nafar), eng past ko‘rsatkich esa,
Surxondaryo viloyatiga (13 ta) va Xorazm viloyatiga (10 nafar) to‘g‘ri keladi.
Ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish uchun Camarqand davlat universitetida “Xalqaro
innovatsiya va texnologiyalar transfer markazi”, Farg‘ona davlat universitetida “Baliqchilik
innovatsion markazi”, Farg‘ona politexnika institutida “YOshlar innovatsiya markazi”, Jizzax
politexnika institutida “Viloyat innovatsion g‘oyalar tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash va
patentlashtirish” markazi, Urganch davlat universitetida “Xorazm” innovatsion texnoparki faoliyat
olib bormoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish-bu shunchaki xoxish istak, sub’ektiv xodisa emas, balki tub
tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi takozo etayotgan, xalkimizning asriy orzu-intilishlariga mos,
uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir.
Biz bu yulda islohotlarimizning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz
a’zolarining bor bilim va saloxiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmu shijoatimizni ishga
solishimiz zarur. Shundagina Yangi O‘zbekiston jaxon maydonida kuchli saloxiyat, munosib
obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi.
|
| |