|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 399
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
- axborotlarni yig‘ish; - axborotlarni birlamchi tahlil qilish;
- axborotlar yig‘indisini klassifikatsiya qilish; - axborot bankini yaratish; - ma’lumotlarni
umumlashtirish, klassifikatsiya qilish va birlamchi tahlil qilish uchun kompyuter asosini yaratish;
- axborotlarga ishlov berish, tuzatishlar kiritish va bazaga joylash; - ta’lim muassasasida ta’lim
tizimini asosiy rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash; - ta’lim muassasasida ta’lim tizimini
monitoring qilish texnologiyasini takomillashtirish, dokladlar, tahliliy ma’lumotlar yaratishni
bashorat qilish; - ta’lim muassasasida ta’lim tizimini standartlashtirish bo‘yicha me’zon va
asoslarni yaratish; - ta’lim muassasasining pedagogik va tashkiliy-boshqaruv faoliyatida erishilgan
eng katta, shuning bilan birgalikda oddiy yutuqlarni ajratib ko‘rsatish; - o‘qitishning ilg‘or
pedagogik tajribalarini ommalashtirish sohalari va uni tashkiliy-boshqaruv ta’minotini aniqlash.
Ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etishda monitoringning asosiy funksiyalari
quyidagilardan iborat:
Axborot beruvchi. 2.Undovchi. 3.Shakllantiruvchi. 4. Tuzatuvchi.
Ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini monitoring qilish quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi.
Normativ-boshlang‘ich. 2. Tahlily-diagnostik. 3. Faoliyatli-texnologik. 4.Oraliq-diagnostik.
5. Yakuniy diagnostik.
Monitoringning quyidagi yo‘nalish va obyektlari mavjud:
Fanning o‘quv rejasi bo‘yicha erishilgan yutuqlar (o‘qish va o‘qitish darajasi). 2. Psixologik
rivojlanganlik. Sog‘lik. 3.Shaxsning ijtimoylashuvi, moslashuvchanligi, tarbiyasi. 4.Jismoniy
rivojlanganlik. Sog‘lik. 5.O‘qitish monitoringini motivatsiyasi.
Monitoringni amalga oshirish mexanizmlari:
O‘quvchilar, ota-onalar va OTM ning umumta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonidan
qoniqishini o‘rganish. 2.Ta’lim oluvchi shaxsini, uning ta’lim olish imkoniyatlari va sog‘ligini
o‘rganish.3. Ta’lim oluvchilarni fanlar bo‘yicha bilim darajalarini diagnostika qilish.
Bo‘lajak menejerlar uchun hozirgi paytda umumta’lim maktablari uchun portfolio tizimini
kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Portfolio – belgilangan tartibda pedagog xodimlarni malaka oshirish davrida shakllanadigan
ma’lumotlar bazasi bo‘lib, pedagoglar faoliyatini baholashga yordam beradigan texnologiya
hisoblanadi [2].
Rortfolio”– atamasi biznes sohasidan olingan atama bo‘lib, shaxsiy yutuqlarini o‘z ichiga
qamrab oluvchi tizim hisoblanadi. Hozirgi kunda portfolio texnologiyasi o‘quvchi va
o‘qituvchining faoliyatini baholash uchun ham maqsadga muvofiq tarzda qo‘llanilmoqda.
Pedagogning portfoliosi - bu o‘zining professional sohasidagi masalalarini hal qilish
mahoratini namoyon etuvchi materiallar to‘plami, professional xulqni belgilaydigan strategiya va
taktikani aniqlash qobiliyatini va professionallik darajasini belgilaydigan texnologiya hisoblanadi.
Portfolio nafaqat pedagog, uning oilasi, bo‘sh vaqtidagi qiziqishlari haqidagi ma’lumot,
balki uning faoliyati natijalarining kolleksiyasi, pedagogni individual va jamoaviy yutuqlarining
namoyishi va baholanishidir.
Xulosa qilib aytganda,“Ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish
me’zonlari”ning elektron tizimini joriy etish piravord natijada ta’lim sohasida olib borilayotgan
ta’lim sifatini oshirishga, boshqaruv usullarini yaxshilashga, mehnatga haq to‘lashni
takomillashtirishga yordam berishi kerak. Bu jarayon ko‘p urinish yoki mablag‘ talab qilmaydi,
ammo qisqa muddat ichida yuqori natijani ta’minlashi mumkin.
|
| |