|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 406
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
san’ati ko‘lamidan ilg‘ab olish mushkul emas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki
unsurlarini professional darajada umumlashish bosqichlarini o‘tashi va umumbashariyat musiqa
san’atining go‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof etish lozimdir. Natijada, musiqa
san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi
munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ular
asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar. Buni, ilk bosqichlarini taqlidiy munosabat
ekanligiga ham shubha yo‘q. Lekin zamon va makon, mafkura va siyosat, qolaversa, zamonaviy
ijodiy munosabatlar yangi yo‘nalishlarni vujudga kelishini ta’minlab berdi [4, B. 7].
O‘zbek xalq musiqa san’ati o‘zining milliy jarayonlarida o‘ziga xos va mukammal darajada
shakllangan betakror xalq va mumtoz musiqa merosiga ega.
XX asrga kelib, bu ijtimoiy hayot so‘qmoqlarida va musiqa madaniyatimizda yangi
yo‘nalish joriy etila boshlandi. Bu ana shu g‘arb musiqa madaniyatining negizida musiqa
ijodiyotini kamol toptirish edi. Qayd etish joizki, har qanday musiqa xalq madaniyatining rivojiga
xizmat qilsa, albatta amaliyotda o‘z ijobatini topadi. XX asrga kelib O‘zbekistonda ham
yevropacha tafakkur oqimining ta’siri sezila boshlandi va zamonaviy musiqaning kompozitorlik
ijodiyoti ko‘rinishida amaliyotda qaror topa boshlandi.
O‘zbek musiqa san’atining ommabop va zamonaviy janrlaridan biri bu, asosan Yevropa -
g‘arb musiqasi ta’sirida shakllangan, estrada san’atidir. Estrada milliy ijrochilik san’atida o‘tgan
asrning 20-30-yillardan keng ommalashgan bo‘lsada, 50- yillarga kelib yangi zamonaviy oqim
shakllana boshlandi. 80-90- yillarga kelib, estradaning rosmana g‘arbona janrlari iste’molga kirib
keldi va yoshlar orasida keng ommalashdi.
Zamonaviy ommaviy janrlarga ega bo‘lgan ushbu san’at turi tez ommalashuvchi xususiyati
bilan doimo o‘zini taraqqiyotini yaratib kelgan. Bu janrga professional darajada yondashish ushbu
janr yutug‘ining garovidir. Shu bois jahon estrada janrining namunalari, o‘zbek kompozitorlari
ijodida estrada musiqasining purma’no namunalarini shakllanib ijro amaliyotida tutgan ahamiyati
katta ekanligini unutmaslik kerak.
Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o‘zbek musiqasiga yevropa musiqiy an’analarida
mavjud bo‘lgan opera, balet, simfoniya, kamer musiqa, cholg‘u musiqa kabi bir qator janrlarda
ijod etish an’anasi kirib keldi. O‘tgan asr davomida bu an’ana o‘zbek musiqiy hayotida o‘z o‘rnini
topdi. O‘zbek kompozitorlik maktabi shakllandi, yetuk kompozitorlar tarbiyalanib samarali ijod
etdilar. Olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan musiqiy asarlar yaratdilar. [4, B. 8]..
Bu jarayon ham o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o‘taganini qayd etish
lozimdir. Chunki, bu an’ana avvalo rus musiqashunos va kompozitorlari tomonidan boshlab
berildi,
so‘ngra
milliy
an’analarimizni
saqlash
maqsadida,
bastakorlar
bilan
kompozitorlarimizning hamkorlik davri ham o‘z mevasini berdi. 1930-yillarning oxiridan o‘zbek
kompozitorlik ijodiyoti o‘zini ko‘rsata boshladi va tez orada kompozitorlarimizning yangi avlodi
tarbiyalandi. Eng muhimi kompozitorlikning barcha janrlarida o‘zbekona ohanglarga ega bo‘lgan
milliy ruhdagi asarlar yaratilib, jahon sahnalarida o‘zini namoyon etib kelmoqda.
Shunday qilib musiqa san’atining hayotimizdagi oʻrni beqiyos. Musiqa sohasining azaliy
qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarga muhrlangan
asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko‘lami juda keng, ularni tasavvur ham qilish
mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan
jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug‘orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan
tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy
munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Bu holat g‘arb musiqa san’atining sharq, xususan, o‘zbek
musiqasi bilan hamohanglashib borishida ham ko‘rinadi.
|
| |