405
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
YEVROPA (G‘ARB) MUSIQASINING O‘ZBEK MUSIQASI RIVOJIDA TUTGAN
O‘RNI
M.F. Inomova
JDPU musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi II bosqich magistranti
Insonning barcha mavhum his tuygʻulari uning ruhiyati asosida kelib chiqadi. Ruhiyatning
ozuqasi esa bevosita musiqa hisoblanadi. Demak, musiqa insoniyat
bilan necha ming yillardan
buyon hamrohlikda kelmoqda. Insoniyatning dunyoqarashi tafakkuri boyigani sari uning musiqasi
ham oʻzgarib bordi. Har bir zamonda insoniyat musiqani oʻziga moslashtirib keldi. Shuning uchun
musiqani har kim oʻzicha har xil tushunadi. Kimdir uchun musiqa bu oddiy tovushlar yigʻindisi,
kimdirlar uchun esa fizik xodisa namunasi, kimdir uchun hayotini ajralmas bir qismi boʻlib xizmat
qiladi.
Odamzod avlodlari shakllanib, hozirgi qiyofaga kelgunicha insoniyat turli taraqqiyot
bosqichlarini boshdan kechirgan. Dastlabki paytlarda kundalik turmushi
faqat terib-termichlab
ovqat topib yeyish va qorin to‘ydirishdan iborat bo‘lgan. Yashash uchun kurash natijasida, yetarli
ozuqa to‘plash uchun sodda ov qurollaridan murakkab qurollar yasashga erishdi. Bu jarayon
odamlarning ongi va tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsata boshladi [1, B. 3].
Zamonaviy (kramonon) odam aqliy mehnat bilan ham shug‘ullangan. Inson aqliy
salohiyatini, ma’naviyatini shakllanib borganligini ko‘rsatuvchi yodgorliklardani biri bu ibtidoiy
tasviriy san’at namunalari hisoblanadi. Ibtidoiy san’at ibtidoiy
jamoa kishisiga dunyoni
o‘zgartirishda
orttirgan
tajribalarini
avloddan
avlodga
uzatuvchi
kuch,
dunyo to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlarini aks ettiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan. Bu san’at
ichida musiqa alohida ahamiyat kasb etgan. Olimlarning aniqlashicha, musiqa asboblarining
dastlabki topilmalari paleolitning dastlabki bosqichiga (50–40 ming yil avval) toʻgʻri keladi. Ular
zamonaviy jismoniy turdagi (Homo sapiens sapiens) odamga tegishli deb ishoniladi.
San’atning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich bo‘ldi.
Ibtidoiy jamoa
ichida ijtimoiy aloqalarni yuzaga kelishiga, ma’naviy olamni, ularning go‘zallik haqidagi
tushunchalarini shakllanishiga xizmat qilgan. San’at o‘z rivojida animizm (tabiat hodisalariga
insoniy fazilatlarni berish) va totemizm (hayvonlarga sig‘inish, urug‘ jamoasining kelib chiqishini
biror hayvonga taqalishi) kabi afsona va qarashlarga tayangan6 [2, B. 29].
Ibtidoiy
san’atning
keyingi
davrlari
ishlab
chiqaruvchi
kuchlarining
o‘sishi, mehnat taqsimotining rivoji, ibtidoiy jamoa tuzumini sinfiy jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq
hisoblanadi. Musiqa ijodiyotining ilk ko‘rinishlari ham ibtidoiy jamoa davrida, asosan, ovchilik
va terimchilik bilan kun kechirgan odamlarning mehnat va marosimlari jarayonida yuzaga keladi.
Ommaviy o‘yinlarning urg‘u-zarbalari, jodu-afsun ohang iboralari,
hayvonlar ovoziga taklid
sadolari, signal (darak beruvchi) qichqiriq-baqiriqlardan asta-sekin aynan musiqa xususiyatlariga
ega bo‘lgan ifodaviy vositalar qaror topadi.
San’atning musiqa bilan bog‘liq bu shakli asosan, odam tanasi (qo‘l-oyoq) harakatlarini aks
ettiruvchi ritmik tuzilmalar, usullar, shuningdek, odam ovozi, nutq intonatsiyasi ta’sirchanligiga
asoslangan ohang iboralari tarzida rivoj topadi. Muayyan tartib hamda aniq balandlikka ega
bo‘lmagan tovush nisbatlari
asosida tovushqator, parda tuzilmalari, o‘lchov va vaznning ilk
shakllari yuzaga keladi. Mazkur jarayonda oddiy (xususan, mavsum marosim) qo‘shiqlar,
muayyan mavzuli cholg‘u kuylar qaror topadi. Ayni paytda oldindan qo‘llanib kelinayotgan tosh,
suyak, yog‘och, chig‘anoq, shox kabi tabiat narsalari ilk musiqa cholg‘ulari, «musiqa qurollari»
sifatida qo‘llanila boshlaydi. Bulardan hozirgacha saqlanib qolgan turli shiqildoq, zuvilcha kabi
idiofonlar, puflama (qushtak, burg‘u, sibizg‘a), urma (qayroq, dovul va h. k.) cholg‘ularni
ko‘rsatish mumkin[3, B. 76].
Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi
hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir
etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. Hayot taraqqiyoti
jarayonlarida, G‘arb madaniyatining o‘ziga xos kamol topganligini esa,
hozirgi zamon musiqa