|
OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA SIFAT MENEJMENTI BOʼYICHA XORIJBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA SIFAT MENEJMENTI BOʼYICHA XORIJ
TAJRIBASI
Nurmanova Lola Ibragimovna
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistrati
Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich
JDPU s.f.b.f.d.dotsent
Taʼlimda sifat menejmenti qatʼiy nazoratga olinmasa, oliy taʼlim muassasasining oʼquv
jarayonida maʼlum muammolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun taʼlimda sifat
menejmentini tashkil etishda oʼquv jarayoni bilan bogʼliq omillarni eʼtibordan chetda qoldirmaslik
sifat menejmentining samarali ishlashini taʼminlaydi. Taʼlim muassasasida sifat menejmentini
tashkil etish moslashgan boshqaruv va uzluksiz oʼquv tizimiga ega boʼlish hamda boshqaruvni
miqdordan sifat darajasiga oʼtishni talab etadi.
Taʼlim muassasasi sifat menejmenti taʼlimni tashkil qilish, taʼminlash va boshqarish
jarayonini qamrab olgan kompleks tizim boʼlib, asosan oʼquv jarayonini nazarda tutadi. Uning
ichiga quyidagilar kiradi: - professor-oʼqituvchilar, talabalar, oʼquv yordamchi personal,
maʼmuriy xodimlar tarkibi; - pedagogik texnologiyalar, tarbiyaviy jarayonlar, axborot taʼminoti,
nazorat; - moddiy-texnik taʼminot: binolar, dastgohlar, laboratoriya jihozlari, kantstovarlar,
orgtexnika; - meʼyoriy-huquqiy va oʼquv-metodik taʼminot; - motivatsiya.
Taʼlim sifati muammolarini hal qilishda tizimli yoʼnalishdan foydalanib, barcha omillarni
birgalikda boshqarish zarur boʼladi. Bu zanjirdan biror-bir omilning tushib qolishi taʼlim sifatini
boshqarish tizimining buzilishiga olib keladi. Taʼlim sifatini tahlil qilish va olingan maʼlumotlar
asosida boshqaruvni samarali yoʼlga qoʼyish taʼlimning bir qator sifat tavsiflarini aniqlab olishni
taqozo etadi. Taʼlim sifatining eng muhim tavsiflari quyidagilardan iborat. Bilimlar hajmi kasbiy
faoliyatni amalga oshirishga muvofiq kelishi lozim. Bunda bilimlar miqdori olingan axborot
miqdori emasligini tushunish kerak. Bilimlar tuzilishi turli tipdagi bilimlar bilan fan va
faoliyatning turli sohalariga mansublik nisbatini ifodalaydi. Bilimlarning unumdorligi va amaliy
qimmati ularning uygʼunligiga bogʼliq boʼladi.
|
| |