|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 414
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
boʼladi. Sifatni boshqarishda ishni rejalash, bajarish, nazorat ishlarini ilmiy asosda koʼrib
chiqishda amerikalik olim Edvard Dyomingning hissasi katta boʼlib, u PDCA (PlanDo-Check-Act
– rejalashtirish-bajarishtekshirish-tuzatish) nazorat sikli (Dyoming sikli)ni keltirib oʼtgan. PDCA
sikli Dyomingning gʼoyasi boʼlgani sababli, bu sikl Dyoming sikli deb ham ataladi. Sifatni
oshirishning asosiy usuli PDCA nazorat sikli hisoblanib, quyidagilardan iborat: - P(Plan) – ishning
rejasini tuzish; - D(Do) – ishni
reja asosida bajarish; - S(Sheck) – olingan natijalarni rejalashtirilgan ishlarga toʼgʼri kelishini
tekshirish; - A(Action) – rejalashtirilgan koʼrsatkichlarga nisbatan olingan natijalar oʼzgarib
ketgan holatda choralar koʼrish, taʼsirni boshqarish.
Dyoming sikli muassasadagi har qanday bajariladigan ishning poydevori hisoblanadi. Bu
nazorat sikli har bir xodim yoki jamoa ishida yutuqlarning asosi boʼla oladi. PDCA siklini amalda
qoʼllash uchun muassasa xodimlari uni oʼzlarining darajalarida oʼrganishlari kerak boʼladi.
Shunday ekan, sifatni boshqarish jarayonlari tizimliligini taʼminlash va boshqaruv samaradorligini
oshirish maqsadida Dyoming sikli va sifat halqasini birgalikda sifatni boshqarish tadbirlarida
qoʼllash mumkin boʼladi. Bu yetishib chiqayotgan kadrlar raqobatbardoshligini taʼminlashda oʼz
samarasini beradi. Bu ikki usul asosida jadval tuzib, uni matritsa koʼrinishiga keltirish mumkin.
Ushbu matritsa mutaxassislikning alohida turi uchun sifat boshqaruvining majmuaviy koʼrinishini
tashkil etadi.
Umuman olganda, Oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini taʼminlashda taʼlim sifatidan
manfaatdorlarning oʼzaro hamkorligini taʼminlash muhim sanaladi. Ish beruvchilar tomonidan
turli grandlar eʼlon qilinishi talabalarda oʼqishga boʼlgan motiv, ijodkorlik, javobgarlik kabi
xislatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Natijada, Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash
sifati oshib boradi, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning bosh lokamativi yuzaga keladi va
oliy taʼim tizimida taʼlim sifatini aniqlash, uni oʼlchash boʼyicha milliy standart shakllanadi.
|
| |