|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 416
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan (University of Leeds, Buyuk Britaniya); yirik innovatsion
tuzilmalar moliyaviy menejment tizimida GAP tahlil konsepsiyasi tavsiya etilgan
(LudwigMaximilians-Universität München. Germaniya): investitsiyalarni innovatsion faoliyat
tarkibiga ta’sirining optimal modeli ishlab chikilgan (University of Vaseda, Yaponiya);
mintakalarning investitsion jozibadorligini innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish (G.V.Plexanov
nomidagi Rossiya iktisodiyot universiteti oshirish asosida yuzasidan. Rossiya): innovatsion
saloxiyatni oshirishning institutsional omillarining ta’siri aniqlangan (Toshkent davlat iktisodiyot
universiteti, O‘zbekiston). Jaxonda innovatsiya faoliyati infratuzilmasini boshqarishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish jumladan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-
tadqiqotlar amalga oshirilmoqda: iqtisodiy o‘sishning innovatsion tarkibini rivojlantirish
makroiqtisodiy modellari innovatsion va texnologik paradigmalar rivojlantirish, texnologik
platformalarni nazariyasini takomillashtirish, investitsion kompaniyalar faoliyatini innovatsion
jarayonlarga jalb etish.
O‘zbekistonda innovatsiya faoliyatini rivojlantirish va boshkaruv tizimini o‘rganish
bo‘yicha A.Sh.Bekmurodov. B.B.Berkinov, S.S.G‘ulomov, Sh.N. Zaynutdinov, N.K.Yo‘ldoshev,
B.K.G‘oyibnazarov. M.A.Maxkamova, R.I.Nurimbetov, A.F.Rasulov, A.M.Qodirov va boshqa
olimlar ilmiy tadqiqot olib borganlar131
Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm- fanni yanada
rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o‘z ijodiy va intellektual
salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga
ega.
Dunyo bozorida raqobat kuchayib boraëtgan bir sharoitda mamlakatimizda iqtisodiyotning
zamonaviy, yani innovatsion shaklini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi
bilan boshlangan ilm-fan va ishlab chiqarishni o‘zaro bog‘laydigan mustahkam mexanizm
boskichma-boskich joriy etilmokda.
Bunda olimlar o‘z tadqiqotlarini iqtisodiyot va jamiyatning muayyan ehtiyojlariga
yo‘naltirsa, iqtisodiyot tarmoqlari ularning innovatsion faoliyatini moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashdan manfaatdor bo‘ladi.
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat
tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mexnat
qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarrachalar, zamonaviy innovatsion kompyuter,
super mikroelektron, biologik, gen muxandisligi, kuyosh va boshka yuqori texnologiyalarni kashf
etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.
Bugungi globallashuv jarayoni raqobatni kuchaytirib, yangi mahsulotlar yaratish davrini
qiskartirdi va kompaniyalarni innovatsion mahsulotlar (texnologiyalar, materiallar, mashinalar,
texnika, transport va kommunikatsiya vositalari, dori-darmonlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa
maxsulotlar)ni jadal ishlab chikishga majbur etmokda.
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, xususiy tadbirkorlar va davlat
o‘rtasidagi hamkorlik, kichik innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng
rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan
davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan
131
Зайнутдинов Ш.Н. Инновационный менеджмент. -Т.: Академия, 2006. -С.267. Зайнутдинов Ш.Н
Теория пят «И» нан новая система факторов процветания государства. LAP LAMBERT Academic Publishig
RU, 2018. -С. 49; Расулев А.Ф. Алимов Р. Стимулирование инновационной активности в экономике //
Общество и экономика -М.: 2007. -No 5-6; Кадыров А.М. Формирование националной инновационной
системы в условиях углублення экономических реформ. Актуалные проблемы развития инновационной
деятелности. Сборник научных трудов международной конференции. -Т.: 2008. С.19-21.; Нуримбетов Р.И...
Калмуратов Б. Инновацион бошкариш стратегиясининг ахамияти // Jamiyat va boshqaruv.-T.: 2010 йил, No 2, -
Б. 73-75. Оценка эффективности управления экономикой. Под ред ш Н.Зайнутдинова, Э.Х.Махмудова. -Т.:
ТГЭУ, 2008. -С.321; Эргашев Ф. Рахимова Д.. Сагдуллаев А. Парпиев О. Инновацион менежмент Дарслик.-
Т.: Академия, 2003.-Б. 90.
|
| |