|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 417
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik
firmalarda hayotga tadbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik
firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Oliy ta’lim va ilmiy muassasalar ishlab chiqarish
kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini belgilab,
tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning
integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha
xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi
ham bejiz emas.
AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa qator rivojlangan mamlakatlarda kichik va
o‘rta biznes innovatsiyalarga moyilligi bilan ajralib turishini ko‘rish mumkin. O‘tgan asrning 90-
yillarida ushbu mamlakatlarda minglab ana shunday kompaniyalar tashkil etildi. Ularning
aksariyati bugungi kunda jahon ishlab chiqarishida yetakchi firmalarga aylandi ("Samsung",
"Microsoft", "Pfizer", "Hitachi" va boshqalar). Bu, o‘z navbatida, millionlab yangi ish o‘rinlari
tashkil etish imkoniyatini yaratdi va sanoat hamda iqtisodiyotni rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Jahon tajribasi shuni kursatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega
mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa
ilm talab mahsulotlar tijoratlashtirilmokda.
Muxtasar aytganda, mavjud me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy, solik,
infratuzilma, moddiy-texnik va axborot shart- sharoitlarini yanada rivojlantirish, davlat
ahamiyatiga molik innovatsion vazifalarni amalga oshirish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish
maqsadida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga oid siyosatni amalga oshirish
zarur.
Innovatsion faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar
ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirishni yanada chuqurlashtirish, ilmiy-texnik
saloxiyatdan samarali foydalanish, mamlakatimiz ilm-fanining ilg‘or yutuqlari va istiqbolli ilmiy
texnologiyalarni ishlab chikarishga tadbik etish, pirovardida O‘zbekistonda innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladi.
|
| |