|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 413
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Professional fikrlash uslubi bilimlarni boshqarish qobiliyatini aks ettiradi. Koʼpincha
talabalar oʼz olgan bilimlarini amaliy faoliyat vazifalari bilan bogʼlay olmaydilar. Bu yerda
fikrlash uslubi oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Vaqt omili. Kasbiy muammolar va vazifalarni yechishda
vaqtni taqsimlash va undan foydalanish koʼnikmasi taʼlimda vaqt omilini belgilaydi. Bunga
maʼruza yoki amaliy mashgʼulotlarni olib borishning texnologik xaritasini misol sifatida koʼrsatish
mumkin. Unga koʼra, mashgʼulot jarayonida oʼqituvchi va talabalarga turli darajadagi rollar
biriktiriladi. Аyniqsa, yangi pedagogik texnologiyalarga asosan talaba mashgʼulot davrida ustun
mavqega ega. Uning mashgʼulotdagi faol ishtiroki koʼproq axborotlarni oʼzlashtirishga imkon
yaratadi. Ish uslubini belgilash. Taʼlim jarayonida mutaxassisning kasbiy faoliyat haqidagi
tasavvurlarini shakllantirishda ustuvor omillar mavjud boʼlib, ular uning tafakkuridan mustahkam
oʼrin oladi va keyinchalik uning ish uslubini belgilaydi.
Taʼlim sifatini taʼminlash masalasi dunyoning barcha mamlakatlarida dolzarb vazifalardan
hisoblanadi va koʼplab mutaxassislar qiziqishini oʼziga jalb etgan. Xalqaro amaliyotda taʼlim
sifatining besh asosiy yoʼnalishi alohida ajratib koʼrsatiladi: - taʼlimning sifatini taʼminlash oliy
taʼlim muassasasining nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Chunki bunda oliy taʼlim muassasasining
bitiruvchisi mehnat bozorida raqobatchilarga nisbatan qulayroq mavqega ega boʼladi;
- taʼlim standartlariga muvofiqlik yoʼnalishi taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan
kadrlarning minimum talabalarga javob berishini taʼminlaydi;
- mijozni qanoatlantiruvchi taʼlimning sifatini taʼminlash ustuvor masalalardan hisoblanadi;
- isteʼmolchi sifatni belgilaydi va uning har qanday talabi boʼyicha mutaxassisni tanlab oladi.
Bu yoʼnalish oliy taʼlim muassasalarining tijorat faoliyatini jonlantiradi;
- oliy taʼlim muassasasi jamiyatga, oʼzi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi
Shu sababli, oliy taʼlim muassasalarini joylashtirishda isteʼmolchi ehtiyojlari hisobga
olinishi va kadrlar tayyorlashni mehnat bozori talablariga yoʼnaltirish lozim. Taʼlim sifatini
nazorat qilishda unga taʼsir qiluvchi omillarni avvaldan oʼrganish va ularni boshqarish talab
etiladi. Taʼlim sifatiga tasodifiy, mahalliy va subʼektiv omillar taʼsir koʼrsatishi mumkin (1-rasm).
Taʼlim sifatini tahlil qilishda sifat nazoratining bir qator usullaridan foydalanish mumkin.
Аmaliyotda sifat nazorati usullari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan boʼlib, taʼlim jarayonida ushbu
usullar kamdan-kam hollarda qoʼllaniladi. Ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilgan sifat
nazorati usullaridan taʼlim tizimida foydalanish masalalari quyida koʼrib chiqiladi.
Sifat nazoratining mashhur usullaridan biri Isikava usulidir. Isikava diagrammasi 5M ga
asoslanadi.
5M quyidagicha tavsiflanadi:
1. Man (inson) – inson omili bilan bogʼliq omillar.
2. Machines (jihozlar) – mashina va jihozlar bilan bogʼliq omillar.
3. Materials (materiallar) – materiallar bilan bogʼliq omillar.
4. Methods (usullar) – jarayonlarni tashkil qilish usullari.
5. Measurements (oʼlchovlar) – oʼlchov bilan bogʼliq omillar. Yuqoridagi 5 ta omil
Isikava chizmasining asosi boʼlib, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan
omillar chizmasini Isikava usulida koʼrsatish mumkin.
Isikava sxemasidan koʼrinadiki, 5 ta sabab boʼyicha taʼlim sifatiga eng koʼp taʼsir etuvchi
omillardan biri inson omili boʼlib, u taʼlim sifatiga toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir koʼrsatadi. Qolgan
omillar inson omili vositasida taʼlim jarayonlari sifatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Qolgan omillar
ichida usullar ham taʼlim sifatiga tashkillash jihatidan sezilarli darajada taʼsir etadi. Taʼlim sifatiga
salbiy taʼsir etayotgan ushbu muammolarni bartaraf etish aniq mexanizmga asoslangan boʼlishi
lozim. Sifat menejmenti tizimida bunday mexanizmlaridan biri Dyoming sikli va sifat halqasi
hisoblanadi.
Taʼlimda sifat menejmentini tashkil etish va samarali boshqarishda Dyoming siklidan ham
foydalanish mumkin. U bir qator bosqichlardan oʼtkazilib amalga oshiriladi. Dyoming siklini
tushunish taʼlim sifatini boshqarishning oʼzi bilan chegaralanib qolmaydi, u barcha boshqaruv va
xoʼjalik faoliyatlariga bogʼliq boʼlib, uni muassasa faoliyatining har bir jabhasida keng qoʼllasa
|
| |