|
PISA DASTURI VA XORIJIY DAVLATLAR TA'LIM MUASSASALARIDA UNINGBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам PISA DASTURI VA XORIJIY DAVLATLAR TA'LIM MUASSASALARIDA UNING
TUTGAN O‘RNI
Sh.A. Haydarova
Oriental universiteti magistranti
O‘zbekistonda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur
sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar,
ota-onalar va o‘zlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey
yoki o‘zlari ta'lim olgan maktablarda majburiy ta'limni davom ettirishlari mumkin ekanligining
belgilab qo‘yilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va etuk mutaxassilarga bo‘lgan talabning
yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda.
Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga
qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini
kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga
keltirmoqda.
Dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (o‘quvchilarni ta'limdagi
yutuqlarini baholash) xalqaro dasturi rivojlangan davlatlarda ta'lim sifatini yanada oshirishdagi
mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda.
PISA
- o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib,
undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish
mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli o‘quvchilar ta'lim dargohida
olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil
|
| |