|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 420
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har
uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi
ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish,
matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.
Birgina 2015 yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok
etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada
ta'sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta'lim sohasidagi
kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi
hamda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va
strategiyasini belgilab oladi.
PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,o‘quvchilarning shu bilimlarni hatto notanish
kontekstda ham ijodiy qo‘llash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu dastur 16 yoshdan 65
yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘rtasida o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik hamda axborot
kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi bilimlarni o‘lchaydigan PIAAC dasturi bilan
chambarchas bog‘liq.
PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga o‘zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta'lim tizimi
bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etadi, ya'ni investorlar
mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu tadqiqot natijalari orqali javob
topadi.
2021 yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb
etgan. Bunda PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun matematik savodxonlik yo‘nalishi
bo‘yicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining go‘zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya
kabi topshiriqlarni bajarib, shug‘ullanish kerak bo‘lgan edi.
PISA xalqaro baholash dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
8 dekabrdagi 997-sonli qarori bilan amaliyotga tatbiq etildi va O‘zbekiston Respublikasi mazkur
baholash dasturida ilk marta 2022 yilda ishtirok etdi. Mazkur dastur 2000 yildan buyon xalqaro
pedagogik amaliyotga tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasida 2019–2022 yillarda tanlab
olingan tayanch maktab o‘quvchilarining baholash dasturiga ishtirok etishining tashkiliy-metodik
bosqichi amalga oshirildi. Bu borada jahon tajribasi qanday?
Estoniya
Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha
eng yuqori reytingga ega bo‘lgan o‘nta mamlakatning biri edi.
Bu muvaffaqiyat uchun kichkina boltiqbo‘yi davlati “yangi Finlyandiya” deya atala
boshlandi. Chunonchi, 2015 yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha Finlyandiyadan
o‘zib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990 yillardagi ta'lim islohotlari masalalari bo‘yicha
estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi. Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida
qandaydir umumiylik bor: Har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat bo‘ladimi yoki
madaniy xususiyatmi, ta'limdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu yaxshi ta'minlangan
yoki kam ta'minlangan oilalardan chiqqan bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan
tasdiqlanadi.
Estoniyada ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha
past. Bu jihatdan Estoniya o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari
orasidagi bog‘liqlik ancha ochiq bo‘lgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga
qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir.
PISA-2015 natijalari yuzasidan alohida e'tiborga molik omil, bu – maksimal darajaga
erishgan o‘quvchilar soni emas, 3 muhim yo‘nalishning har birida past ko‘rsatkichlarga ega
o‘quvchilar sonining kamligi.
Majburiy ta'lim 7 yoshdan boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat
bog‘chalariga boradi. Bitta tarbiyachiga to‘g‘ri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati
iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi bo‘yicha o‘rtachaning yarmini tashkil etadi.
|
| |