|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 428
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
kompetensiya — mavjud bilim, koʻnikma va malakalarni kundalik faoliyatda qoʻllay olish
qobiliyati. Kompetensiyaviy yondashuv va uning xorijiy tajribada qoʻllanilishi
Kompetensiyalarning mazmuni va mohiyatini oʻrganishdan oldin, uning fan va turmushga kirib
kelishning qisqacha tarixi bilan tanishaylik.
Birinchi bosqich – 1960-1970-yillar. Tilni oʻrganishga doir dastlabki kompetensiyalar
kiritila boshlandi. Bunda D.Xayms tomonidan “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi
kiritiladi.
Ikkinchi bosqich – 1970–1990-yillar. Kompetensiya/kompetentlik kategoriyalaridan tilni,
ayniqsa ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni oʻrganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda,
rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni oʻrganishda foydalanila boshlandi. Bu
paytda “ijtimoiy kompetensiya/kompetentlik” tushunchasining mazmuni ishlab chiqildi.
Uchinchi bosqich –1990- va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondashuv kasbiy ta’limga,
umumta’lim fanlariga va boshqa yoʻnalishlarda qoʻllanila boshlandi. Oʻzbekistonda dastlab
Birinchi Prezidentimizning 2012-yilda imzolangan chet tillarni oʻqitishni takomillashtirish
toʻgʻrisidagi farmonga muvofiq ilk bor kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS ishlab
chiqilib, 2013-2014-oʻquv yilidan bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etila boshlandi.
Kompetensiya boʻlishi uchun uning strukturasi qanday boʻlishi kerak? Kompetensiyaning
struktura komponentlari quyidagilar:
- kompetensiyaning nomi;
- kompetensiya tipi va uning umumiy ketma-ketligidagi oʻrni (tayanch, fanlararo, fanga oid);
- kompetensiyalar kiritiladigan, real faoliyat koʻrsatadigan obyektlar doirasi;
- kompetensiyaning ijtimoiy-amaliy bogʻliqligi va ahamiyati (u jamiyat uchun nima
sababdan kerak?);
- kompetensiyaning shaxsga nisbatan ahamiyati (nima sababdan oʻquvchi kompetent
boʻlishi kerak?);
- real obyektlar doirasiga oid bilimlari, koʻnikmalari va malakalari;
- mazkur kompetensiya doirasida oʻquvchining faoliyat koʻrsatishi uchun kerak boʻladigan
minimal tajribasi (oʻqitish bosqichlari boʻyicha);
- indikatorlar – oʻquvchi kompetentligi (oʻqitish bosqichlari boʻyicha) darajasini aniqlash
uchun oʻquv va nazorat-baholash topshiriqlari namunalari, misollari.
Qanday kompetensiyalarni tayanch kompetensiyalar deb olish kerak: Kompetensiyalardan,
ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim. Ta’lim kompetensiyasi oʻquvchining kelajakdagi
toʻlaqonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga
qadar ayrim kompetensiyalarni haytiga tatbiq eta olmaydi. Lekin bu ularni oʻquvchida
shakllantirish shartmas degani emas. Masalan, oʻquvchi maktabda fuqarolik kompetensiyasini
oʻzlashtirsa-da, uni hayotda maktabni bitirganidan soʻng ishlatadi. Shunga koʻra bunday
kompetensiyalar oʻqish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon boʻladi. Tayanch
kompetensiyalarning dunyo boʻyicha yagona qabul qilingan roʻyxati yoʻq. Chunki har bir
mamlakatning yoki hududning oʻz an’analari, mentaliteti va oʻziga xos talablari bor.
Kompetensiya – jamiyatning oʻz fuqarolariga qoʻygan ijtimoiy buyurtmasiboʻlib, ularning
roʻyxati muayyan mamlakatdagi yoki hududdagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi Bunday
kelishuvga har doim ham erishib boʻlmaydi. Masalan, Shveysariya va Amerika Qoʻshma
Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy
institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida ham tayanch
kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati boʻlmagan. Shunga koʻra,
kompetensiyalarning Yevropa va Rossiya variantlarini koʻrib chiqaylik. Yevropa kengashi
simpoziumida “Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar” belgilab olingan. Unga koʻra oʻquvchi
quyidagilarni oʻrganishi kerak:
- tajribadan foydali xulosa yoki natija chiqarib olishi;
- turli fanlarga va sohalarga oid bilimlarini oʻzaro bogʻlay olishi va ularni tizimlashtirishni;
- oʻzining shaxsiy oʻrganish usullarini tashkil qilish(oʻrnatish)ni;
|
| |