|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 429
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
- muammolarni mustaqil yecha olishni. Izlash:
- mustaqil bilim olish bilan shugʻullanish;
- turli ma’lumotlar bazasini qidirish;
- tevarak-atrofdan surishtirish;
- ekspertdan maslahat olish;
- axborot olish;
- hujjatlar bilan ishlash va ularni turkumlash (klassifikatsiyalash).
Oʻylash:
• oʻtgan va kechayotgan voqealar orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni topish;
• jamiyat rivojlanishining u yoki bu aspektiga tanqidiy yondashishi;
• murakkablik va oʻziga boʻlgan ishonch yoʻqolishiga qarshi turish;
• bahs-munozara chogʻida oʻz pozitsiyasini egallash va shaxsiy nuqtai nazarini himoya
qilish;
• oʻqish yoki ish joyidagi siyosiy-iqtisodiy muhitning muhimligini anglash;
• sogʻlom turmush tarzini, iste’molchilik madaniyatini egallash, tasviriy san’at va adabiy
asarlarini baholay bilish.
Hamkorlik qilish:
- guruhda ishlash va hamkorlik qila olish;
- qarorlar qabul qilish – anglashilmovchilik va mojarolarni bartaraf etish;
- kelisha olish;
- shartnomalarni ishlab chiqish va bajarish. Ishga kirishish:
- loyihada qatnashish;
- javobgarlikni olish;
- guruhga yoki jamoaga kirish hamda oʻz hissasini qoʻshish;
- hamkor ekanligini isbotlash;
- oʻz ishini tashkil qila bilish;
- hisoblash va modellashtirish asboblaridan foydalana bilish; koʻnikish;
- yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish; tez oʻzgarishlar
oldida moslashuvchanligini isbotlash;
- yangi yechimlarni topa bilish.
Tayanch kompetensiyalarning Rossiya varianti
- qadr-qimmat, e’tiqod kompetensiyasi
- umummadaniy kompetensiyalar
- oʻquv-oʻrganish kompetensiyasi
- axborot kompetensiyasi
- kommunikativ kompetensiya
- ijtimoiy-mehnat kompetensiyasi
- shaxsni takomillashtirish kompetensiyasi
Kompetentlik – kompetensiyalarni qoʻllay olishda inson ega boʻlishi kerak boʻlgan minimal
tajribaga ega boʻlishdir. Buni oʻquvchining tayyorgarligiga qoʻyiladigan talablarni
shakllantirishda, oʻquv jarayoni va darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak. Ta’limda
kompetensiyalarning asosiy funksiyalari quyidagilar: - yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash
boʻyicha ijtimoiy talabning aks etishi; - bilim, koʻnikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini
kompleks holda maqsadli qoʻllashi uchun atrof-muhitdan real obyektlarni koʻrsatishi; - turli oʻquv
predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi boʻlishi; - konkret masalalarni
yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish bilan bogʻlashi. Kompetensiyalar qanday
ketma-ketlikda boʻlishi kerak?
Ba’zi kompetensiyalar boshqalariga nisbatan umumiy yoki ahamiyatliroq boʻladi. Shunga
koʻra ularni uchta darajaga boʻlish mumkin: 1) tayanch kompetensiyalar–ta’lim mazmunining
umumiy (metapredmet) qismiga tegishli; 2) umumpredmet kompetensiyalari–ma’lum doiraga
kiruvchi oʻquv predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli; 3) predmetga oid kompetensiyalar –
|
| |