|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 430
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
oldingi ikki kompetensiyalarga nisbatan xususiy hisoblanib, oʻquv predmeti doirasida
shakllantiriladi. Tayanch kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir bosqichi va belgilangan
oʻquv predmeti uchun aniqlashtiriladi. Ular toʻplam, me’yoriy hujjatlar, oʻquv va metodik
adabiyotlar, shuningdek, oʻquvchilarning tayyorgarligini, shu bilan birga, ularning ijodiy
tayyorgarligi darajasini baholaydigan hujjatlarni loyihalash va yoritish uchun xarakterlovchi
toʻplamni belgilaydi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish bilan birgalikda ta’lim muassasasida ilmiy-
metodik, axborot bazasini shakllantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, ishlab turgan
pedagoglarimizda yangicha fikrlashni shakllantirish lozim. Bundan tashqari: - oʻqituvchilarni
ta’limdagi kompetensiyaviy yondashuv bilan tanishtirish;
- tayanch kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlaydigan texnologiyalarni egallash;
- oʻqituvchilarni kompetensiyalarga yoʻnaltirilgan topshiriqlarni tuza olish va darsda hamda
darsdan tashqari faoliyatda qoʻllay olishga oʻrgatish;
- oʻqituvchilarni berilgan topishiriqlarni oʻquvchilar tomonidan qanday bajarilganligini
tahlil qilish va baholashga oʻrgatish kerak.
Har bir oʻqituvchi esa monitoring oʻtkaza olish, oʻz pedagogik faoliyatiga zarur tuzatishlar
kirita olish kerak.
Bugungi kunda butun dunyo boʻylab yoshlarning ta’lim olishi va shu orqali jamiyatni yanada
rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu qatorda bizning mamlakatimizda
ham ta’limni yanada takomillashtirish, bugungi zamon talablariga javob beradigan ta’lim tizimini
shakllantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Yurtboshimiz rahnamoliklarida ta’lim va
tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga koʻtarish davlat siyosatining ustuvor
yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Buning uchun davlat umummilliy dasturlari asosida barcha
sharoitlar yaratildi. Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi oʻquvchilarni oʻz
bilimi va dunyoqarashiga ega, vatanini sevadigan, zamonaviy axborot texnolgiyalaridan
foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Hozirgi zamon talablaridan kelib
chiqqan holda ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari
boʻyicha uzluksiz ta’limning oʻquv dasturlari loyihalari tayyorlanmoqda. Shaxsga yoʻnaltirilgan
ta’limning asosiy tamoyillaridan biri oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malaka bilan bilan birga
hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish hisoblanadi. Avvalo “kompetensiya” soʻzining
ma’nosini bilib olsak: bu soʻz “munosib boʻlmoq” ma’nosini anglatadi. Psixologikva pedogogik
adabiyotlarda shaxsga xos xususiyat sanalgan “kompetensiya” tushunchasiga har xil qarashlar
mavjud. Agar ularni birlashtiradigan boʻlsak, bu muayyan vaziyatlarda eng maqbul variantni
tanlashda qaror qabul qilish qobiliyati va tayyorligi. Ta’limda kompetensiyaviy yondashuv
deganda oʻquvchilarning ta’lim muasssasasida egallagan bilimlari orqali kundalik hayotda duch
keladigan vaziyatlarda foydalanishga tayyorlash tushuniladi. Ya’ni olingan nazariy bilimlarni
amaliyotga bogʻlash, amaliyotda qoʻllashdan iborat. Bilimlarni amaliyotda qoʻllash esa ta’lim
samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi. Kompenentlik deganda shaxsning
bilim,koʻnikma va tajribalari ijtimoiy hayotga mosligi va oʻziga tegishli muommolarni hal qilishga
qodirligi tushunilar ekan, ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishda , avvalo,
oʻqituvchining oʻzi quyidagi kompetensiyalarga ega boʻlishi zarur:
-kasbiy kompetentlik
-shaxsiy kompetentlik.
Kasbiy kompetensiya bu oʻqituvchining zaruriy bilimlarga ega boʻlishi, oʻquvchilarga
zaruriy bilimlarni qanday, qay tartibda, qanday vositalar bilan oʻrgatishga oid koʻnikmalarning
shakllangan bosqichi sanaladi.
Kasbiy kompetensiya mutaxassisning kasbiy faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy
tayyorligining birligi bilan tavsiflanadi. V.I.Volkinning fikricha, kasbiy kompetensiya – bu
shaxsga mustaqil va mas’uliyatli harakat qilishga imkon beradigan ruhiy va shaxsiy fazilatlar va
holatlar yigʻindisi
|
| |