|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 427
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarining ijodkorligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi barcha
faoliyatini faollashtirish.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Вербицкий А.А. Активное обучение в высшей школе: контекстный подход. - М
Высшая школа, 1991. - 208 с. 5.
2. Maxmutov M.I., Ibragimov G.I., Choshanov M.A. Pedagogicheskie texnologii raz- vitiya
mыshleniya uchaщixsya, Kazan: 1993, 88 s.
3. Mamatqulov A.N. Kasbiy ta’limda talabalar ijodkorligini rivojlantirish. "Zamonaviy
ta’lim" ilmiy-amaliy ommabop jurnal - Toshkent, 2019. №12(85). 11-17 6.
4. Muslimov N.A., Raximov Z.T., Xo‘jaev A.A., Qodirov H.Sh. Ta’lim
texnologiyalari.Darslik, - T.:
⟪Voris - nashriyot», 2019. 337-bet.
5. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘kituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik
asoslari.: Dis..... ped. fan. dokt. - T.: 2007. - 275 6.
6. G‘oziev E.. Psixologiya. - Toshkent: O‘qituvchi, 1994.-224 b. 117 b. 11. Sharipov Sh.S.
O‘quvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini ta’minlashning nazariyasi va amaliyoti. Ped. fan. dokt.
... diss. - T., 2012.-264 b.
TA’LIMGA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNI JORIY ETISH ZARURATI
Qosimov Azimjon Sanaqul oʻgʻli
JDPU Maktab menejmenti kafedrasi oʻqituvchisi
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish orqali yosh avlodni har tomonlama barkamol
insonlar etib voyaga yetkazish bosh vazifa sifatida qoʻyilmoqda. Ta’limning maqsadi, eng avvalo,
inson ongini rivojlantirishdir. Chunki har qanday mamlakatning kelajagi, ertangi kuni uning tabiiy
boyliklariga emas, balki fuqarolarining saviyasiga bogʻliqdir. 2018-yil ta’lim tizimida amalga
oshirilgan islohotlarni mamlakatimizda soha rivojiga qanchalik e’tibor berilayotganini tasdiqlaydi.
Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot oʻquvchilarda oʻquv predmetlari boʻyicha
faqatgina bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishning oʻzi yetarli emasligini koʻrsatmoqda.
Bu quyidagi holatlarda namoyon boʻlmoqda: ▪ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli bitirgan ayrim
oʻquvchilar, hayotda koʻp muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi; ▪oliy ta’lim muassasini bitirib yangi
ishga borgan yosh mutaxassis universitet yoki institutda kasbiga oid bilim va koʻnikmalarni yetarli
darajada olgan boʻlsa-da, ish joyiga koʻnikishi uzoq vaqt davom etadi; ▪koʻpincha maktab yoki
litseyda olingan bilim va koʻnikmalar tezda hal qilinishi kerak boʻlgan hayotiy vaziyatlarga toʻgʻri
kelmaydi yoki umuman hayotida kerak boʻlmaydi.
Shunga koʻra, ta’lim jarayoniga oʻquvchilar egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini
bevosita kundalik hayotida qoʻllashga oʻrgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan
DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qoʻllash zaruriyati yuzaga keldi. “Competence” soʻzi “to
compete” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq”
degan ma’noni bildiradi. Soʻzma-soʻz tarjima qilinsa¸ “musobaqalashishga layoqatlilik”
ma’nosida keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya,
kompetentlilik oʻta murakkab, koʻp qismli, koʻpgina fanlar uchun mushtarak boʻlgan
tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga koʻra, ham ma’no,
mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Atamaning mohiyati shuningdek "samaradorlik",
"moslashuvchanlik", “yutuqlilik", “muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik", “natijalilik",
"uquvlilik”, "xossa", xususiyat”, “sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda.
Shunga koʻra ta’lim kompetensiyalarini tasdiqlangan standartda keltirilgan ta’rif boʻyicha
qabul qilamiz. Bilim — oʻrganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
koʻnikma — oʻrganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qoʻllay olish; malaka — oʻrganilgan bilim
va shakllangan koʻnikmalarni notanish vaziyatlarda qoʻllay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
|
| |