|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 434
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha Nizom qabul qilingan [1]. Ushbu Nizomga muvofiq DTS
ta’limning quyidagi turlari belgilangan:
umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan boshlang‘ich ta’lim;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, professional ta’lim);
oliy ta’lim (bakalavriat, magistpatura).
Maktabgacha, maktabdan tashqapi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan
davlat talablari belgilanadi.
DTS ta’lim to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash uchun Respublika komissiyasining
xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. DTS ular
tasdiqlangan sanadan boshlab amalga kiritiladi va ta’lim boshqaruvi vakolatli organlari va ta’lim
muassasalari tomonidan majburiy ijro etish uchun qabul qilinadi.
Tasdiqlangan DTS ga muvofiq ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar
ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amaliy o‘zlashtirilishini ro‘yobga
chiqaradi [2].
Ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘quv yuklamasini
tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha ta’lim mazmunini belgilash
ta’lim boshqaruvi vakolatli organlari va ijpo etuvchi hokimiyat mahalliy organlari vakolatiga
kiradi.
Davlat ta’lim standartlapi joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda
tutadi:
ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va
ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar
tayyorlanishini ta’minlash;
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan,
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyoplash
mazmunini taptibga solish;
ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning
huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat
va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash me’zonlarini va tartibini belgilash;
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning
barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;
mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash.
|
| |