435
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV SIFATINI OSHIRISH JARAYONIGA
YANGICHA PEDAGOGIG TEXNOLOGIYALARNING TATBIQ ETISH OMILLARI
Tursunov Diyor Sunnatovich
JDPU maktab
menejmenti kafedra mudiri, PhD.
Diyora Rasuljonovna Nabiyeva
JDPU Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) magistranti
Mustaqil O‘zbekistonimiz demokratik davlat qurish va dunyodagi rivojlangan mamlakatlar
qatoridan o‘rin olishni oldiga maqsad qilib qo‘yarkan , ta’lim soxasida xam tubdan o‘zgarish va
yangi qo‘shimchalar kirib kelmoqda. Bu isloxotlar bejiz emas albatta, o‘sib kelayaotgan yosh
avlodni jaxon talablariga mos ravishda tarbiyalash biz pedagoglarning oldiga kotta vazifalarni
qo‘yadi. Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarning darslarga
ijodiy yondashuvini
ma’minlash maqsadida, ular faoliyatini ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy qilish, hamda o‘quvchilarning dastlabki bilim egallash poydevorini
mustahkam bo‘lishi va shu bilan birgalikda barcha fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish
maqsadida zarur chora-tadbirlar
ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Hozirgi paytda, aksariyat metodist va pedagog-olimlar pedagogik texnologiyalar o‘quvchi
yoki talabalarga ta’lim-tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni to‘la kafolatlaydi, deb
qarashmoqda. Lekin bunday fikrlarni obyektiv haqiqat o‘rnida qabul qilib bo‘lmaydi, chunki
bunda obyekt shaxs bo‘lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani to‘laligicha qabul qila
olmaydi, aksincha, uni inkor qilishi ham mumkin.
Shuning uchun, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi bo‘lgan o‘qituvchigina
ko‘zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisi bo‘ladi. Agar shu nuqtai nazardan kelib
chiqib qaraydigan bo‘lsak, yangi pedagogik texnologiyalar va uning asosiy negizi bo‘lgan axborot-
kommunikatsiya (AKT) texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi
bo‘lmish o‘qituvchining tayyorgarlik darajasini birinchi o‘ringa qo‘yish lozim.
Shu sababli
pedagogik jarayonlarning kun tartibidagi aksariyat dolzarb muommolarining ijobiy yoki maqsadga
muofiq tarzda hal qilinishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratiga
bog‘liq.
O‘zbekistonlik metodist B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi:
‘‘Pedagogik texnologiya-ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogika ijtimoiy-
muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogika jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning
texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyixasini tuzib chiqish bilan
bog‘liq ijtimoiy hodisadir ’’.[1]
Ancha yillardan beri pedagogik texnologiyalar o‘quv jarayonlarida texnik vositalar bilan
amalda qo‘llab kelinmoqda. Bu texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish va jaxon andozalariga mos
ravishda o‘quv ishlarini olib borish uchun albatta. Pedagoglarning oldiga esa yanayam ko‘proq
vazifa va mas’uliyat yuklaydi.
Pedagogik texnologiya-vaqt
taqsimotiga muofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan
hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va
qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim.[2]
Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim
berishga
yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga
kelib ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy hamda murakkab talablar qo‘yilmoqda.
Chunki, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish
jarayonining mohiyatini
to‘laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulotlarda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan
muommolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoi ehtiyoj
ta’lim jarayonini texnologig yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.