433
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
OLIY TA’LIM TIZIMIDA SIFATNI BOSHQARISHNING MILLIY XUSUSIYATLARI
Aynakulov Muxitdin Abduxamidovich
Jizzax politexnika
instituti, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi mudiri, iqtisod
fanlari nomzodi, dotsent
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi va uning
qaytadan tahrirlanishi respublikamizda ta’lim to‘g‘risidagi islohatlarning
bosh strategiyasini
belgilab berdi.
O‘zbekistonning ta’lim modeli eng zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim
muassasalarini barpo etish bilangina cheklanib qolmasdan avvalambor, sifatga, ya’ni
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, talabalar, o‘quv dasturlari va pirovard natijada bilimlar sifatini
oshirishga asoslangandir.
Bundan tashqari, globallashuv bilan bog‘liq ehtiyojlar ham hisobga
olingan holda ishlab chiqilgan mazkur ta’lim modeli O‘zbekistonnning Osiyoda, umuman, jahon
hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Sifat - umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan
asoslanuvchi mahsulot,
material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari
hamda xususiy belgilarining majmui bo‘lib, ularni qo‘yilgan talablar va o‘z vazifalariga to‘liq mos
kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik asosan standartlar,
shartnomalar, kelishuvlar,
iste’molchilarning talablari bilan aniqlanadi.
Sifatga e’tibor va uning rivojlanish bosqichlarini mantiqan quyidagi davrlarga bo‘lish
mumkin:
1. XX asrning 60-yillari – bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil bu - mahsulot
sifati sanalgan.
XX asrning 70-yillari – mahsulot sifatidan ishlab chiqarish texnologiyasi sifatiga o‘tish
bosqichi bo‘lgan.
XX asrning 80-yillari– sifatni boshqarish tizimi bosqichiga o‘tish davridir.
4. XX asrning 90-yillaridan boshlab ta’lim sifati, intellektual resurslar sifati, inson hayoti
sifati – asosiy omil sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Ta’lim sifati – ijtimoiy kategoriya hisoblanib, jamiyatda ta’lim
jarayonining holati va
natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligini shakllanishi va
rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta’lim sifati ta’lim
muassasasining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining turli qirralarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui
orqali baholanadi.
Ushbu ko‘rsatkichlarga ta’lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi
ta’lim mazmuni, o‘qitish shakli va uslublari, material-texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi.
Ta’lim sifati -inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish
uchun zarur bo‘ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir.
Oliy ta’limda ta’lim sifati - ta’lim modelining kontekstual ko‘rsatkichlari,
institutsional
maqsad va vazifalari hamda ta’lim tizimining aniq standartlari, ta’lim muassasalari, o‘quv
dasturlari va fanlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali, ko‘p darajali o‘zgaruvchan tushunchadir.
Ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga davlat ta’lim standartlari (DTS) va davlat
talablari joriy etilgan. Hozirgi kunda mehnat bozori talablariga mos holda kadrlar tayyorlash tizimi
shaklan va mazmunan barqarorlashib, jahon ta’lim tizimi talablari darajasiga ko‘tarilmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, unga muvofiq
ta’lim
mazmunini tubdan isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining respublikada amalga
oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga, shuningdek, ta’lim, fan, texnika
va texnologiyalar rivojlanishining ilg‘or jahon darajasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 1998 yilning 5 yanvarida “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 5-son qaroriga asosan davlat ta’lim