|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 436
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Pedagogik texnologiyaning maqsadi-ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy
samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qitishning ko‘zlangan natijalariga erishish
kafolatidan iboratdir. [3]
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyorova, E.U. Eshchanov. Pedagogik
texnoloyiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent ‘‘Iqtisod-Moliya‘‘ 2009-yil 19-sahifa.
2.
O‘.Q. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik rexnologiyalarning tatbiqiy asoslari.
Toshkent ‘‘Fan’’ nashriyoti 2006-yil 37-sahifa.
3.
N.X. Avliyakulov, N.N Musaeva. Pedagogik texnologiya ‘‘Tafakkur Bo‘stoni’’
Toshkent-2012 19-sahifa.
TARIX DARSLARIDA INTELLEKTUAL O‘YINLARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TA’LIM VOSITALARINING O‘RNI
Nuriddin Xolmatov
JDPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix), magistranti
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga
alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Ta’lim-tarbiya sohasining ahamiyati jihatidan unga
davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralib, turli ijobiy islohotlarni amalga
oshirib bormoqda. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining barcha bosqichi ijtimoiy, siyosiy va
iqtisodiy hayotining rivojlanishi va mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan ortda qolmasligi
ta’limga berilayotgan e’tiborga bog‘liqdir. XXI asrda, kelajak hayotning turli jabhalari rejasini
belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni
yuklaydi. Barcha jabhalarining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan birga, ularning
poydevori hisoblanuvchi ta’lim-tarbiya sohasini zamon talablariga xos tarzda tashkil etib borish
muhim ahamiyat kasb etadi132.
Bugungi kunda ta’limda yangi pedagogik texnalogiyalar shakllanishi, ta’limning dunyo
ta’lim tizimiga integrasiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi
ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim vositalari asosida yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.
Zamonaviy darslarni tashkil etishda ta’lim vositalarini joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p
marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga olib kirish zarurdir. Xususan, tarix darslarini
intellektual o‘yinlar asosida tashkil etishda ta’limning samaradorligini oshirish uchun ta’lim
vositalaridan foydalanish darsni o‘quvchilar o‘zlashtirish sifatini oshiradi. Uzoq yillardan beri
pedagogik texnologiyalarga o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish deb
qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin
etila boshlandi.
Darsda samaradorligini oshirishda turli xil ta’lim metodlari, jumladan, intellektual ta’lim
metodlaridan foydalanish darsni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir etadi. Hozirda
Zakovat, “To‘g‘ri top”, “Kim biladi”, “Baliq ovi”, “Blits o‘yin”, “Bellashuv”, “Erudit”, “Rebus”
va shu kabi aqliy o‘yinlar asosida tarix darslarini tashkil etish mumkin.133 Tarix darslarida
berilayotgan bilimni o‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirish avvalom bor, o‘qituvchining
mahorati va ijodkorligiga bog‘liq bo‘lib, bunda o‘qituvchi tomonidan darsning maqsadiga qarab
turli vositalardan foydalanishi zarur hisoblandi.
132
N.A. Muslimov, M.Usmonboeva, M.Mirsolieva Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik
kompetentlik. Toshkent, 2016.
133
F.Axmedshina, F.Aqchayev, Tarix fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish. Toshkent,
2018. 90-bet.
|
| |