|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 439
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
oshiramiz. Bu holat ham siyosiy qarorlarni qabul qilish, ham pedagogik o‘zgartirishlarga
tegishlidir. Va nihoyat, boshlang‘ich o‘rta maktabning faoliyati va rivojlanishi bo‘yicha
javobgarlik, oxiroqibatda munitsipalitetlar zimmasida ekanligini belgilamaslik mumkin emas.
Qarorlar avvalo, fuqarolar tomonidan qabul qilinadi.
Boshlang‘ich o‘rta maktab fin demokratiyasining muhim bo‘lagidir, umumiylik omilining
amaliyotda amalga oshirish qismidir. Finlyandiya mustaqilligining yuz yilligini nishonlash
vaqtlarida, oldimizda keng qamrovli muhim vazifalar paydo bo‘lmoqda. Globallashuv jarayoni va
raqamli texnologiyalar mehnat bozoridagi ahvolni juda ham o‘zgartirib yubordi, ijtimoiy va
hududiy tengsizlik muammosi o‘sish bilan xavf solmoqda, migratsiya an’anaviy madaniy
tuzilmalarni zaiflashtirmoqda va Er sayorasining ekologik butligi bo‘yicha bo‘lgan havotir ham
mamlakat, ham yakka shaxs darajasida qaror qilish vaqtida kuchayib bormoqda. Va uncha katta
bo‘lmagan millatning kuchi uning o‘qimishli ekanligidadir. Shuning uchun ham bizning tirik
qolish strategiyamiz ta’lim manbalari va ilimiy-tadqiqot ishlarimizga asoslangan holda ishlab
chiqilmoqda.
Fin maorifi butun dunyoda yuqori obro‘ga egadir. Fin ta’lim tizimining farq qiluvchi
xususiyatlari quyidagilardir:
• Bepul ta’lim
• Har bir bola va o‘smir ta’lim olish huquqiga ega va maktabga borishga majbur
• O‘quv rejasining yagona milliy asoslari
• Ta’lim faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish vazifalarini mahalliy darajaga
o‘tkazib berish
• O‘qituvchilarning malakasi va kompetensiyasiga bo‘lgan ishochning yuqori
darajasi
• O‘quv jarayonini moslashuvchan ravishda tashkillashtirish imkoniyati
• Butun mamlakat o‘rta maktablaridagi ta’lim o‘zlashtirish darajasining yuqoriligi
Finlyandiyada yashovchi barcha bolalar va yoshlarga, ularning yashash joyi, jinsi, ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli va madaniy qadriyatlaridan qat’iy nazar ta’lim olishni taklif qiluvchi ta’lim berish
sifati, ta’lim sohasining poydevor toshi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rta maktablarni bitirayotgan o‘quvchilar uchun davlat bitiruv imtihoni o‘tkazilmaydi,
shuningdek maktablar bo‘yicha o‘zlashtirish natijalari va baholari ham chop etilmaydi. Maktab va
o‘quvchilar o‘rta maktabni bitirish yakunlariga baho berishning davlat normativ tavsiyalari
bo‘yicha ish tutadilar. Ta’lim muassasasiga kirish va baholash jarayoni o‘z shaffofligi,
tenghuquqliligi va abiturientning qaysi maktabni bitirganligiga bog‘liq bo‘lmaganligi bilan
tavsiflanadi, chunki baholash omillari aniq va batafsil ravishda yozib qoldirilgan va butun
mamlakat uchun yagonadir.
Fin maorif tizimida qat’iy ta’lim yo‘nalishi bo‘lmaganligi kabi ta’lim «tupik»lari ham
yo‘qdir. O‘rta maktabni bitirgan har bir o‘quvchi, o‘zi istagan holda har qanday darajasi yuqoriroq
ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi va kirishga harakat qilishi mumkin. Ta’lim olish bepuldir.
O‘qishga qabul qilish baholar asosida olib boriladi, tanish-bilish, pul yoki ertaroq hujjat topshirish
orqali emas.
Fin boshlang‘ich o‘rta maktabi umumiy ma’lumot beradigan maktablardandir. Xalqaro
qiyoslash tadqiqotlari natijalari bo‘yicha, 15 yoshli boshlang‘ich o‘rta maktabi bitiruvchilari ona
tili, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha juda yaxshi bilimga egalar. Boshlang‘ich o‘rta maktabni
bitirgandan so‘ng ta’lim olishni davom etish mumkin va bu barcha uchun tavsiya qilinadi. O‘rta
maktab bitiruvchilarining deyarli 92 foizi darhol litsey yoki kasb-hunar kollejlariga hujjat
topshiradilar (2009 y.). Litsey yoki kasb-hunar kollejida olinadigan ikkinchi bosqich ta’limi,
o‘quvchini keyinchalik
Finlyandiya yoki chet eldagi oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlaydi. O‘rta maktabni
bitirgandan keyin ta’lim olishni davom ettirmaslikka qaror qilganlar uchun, bepul ta’limning
muqobil turlari taklif qilinadi. Finlyandiyadagi kasb-hunar ta’limi o‘zining yuqori sifatliligi bilan
|
| |