|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 447
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha ta’limning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat
boladi:
1. O‘quv jarayonining boshqarish ob’ekti hisoblanadi.
2. Ta’lim maqsadli bolib oquvchining mahorati erkin fikrlashi va ruhiy jihatlarini
rivojlantirishga qaratilgan.
3. Ta’lim haqqoniy, rag‘batlantiruvchi usulda utkazish.
4. Ta’lim jarayonining zaruriy sharti oqituvchi hamda o‘quvchi ortasidagi hamkorlikni
taminlash.
Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos tamoyillari.
1. Muayyan dars, qism, mavzudan kutilgan maqsadni shakllantirish.
2. Umumiy maqsad asosida modullardagi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash.
3. Modul bo‘yicha savollar tuzish.
4. Maqsadlarga yetish usullari hamda joylarni belgilash.
5. Fanlar o‘rtasidagi bogliqliklarga alohida e’tibor berish.
Hozirgi kunda dars jarayonida pedagogik taxnologiyalardan foydalanish davr talabi sifatida
qaralmoqda. Buni to‘g‘ri maqsadli va aniq amalga oshirish esa pedagog xodimning mahoratiga
bog‘liqdir.
“Klaster» metodi” metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u
ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni
bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
“Komandada o‘qitish” metodi komandada o‘qitishda o‘quvchilar teng sonli ikkita
komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv
topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma
va malakalarni o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
«Nuqtai nazaring bo‘lsin» metodi maqsadi:
o‘quvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab, himoya qilishga
o‘rganadilar;
o‘quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berish;
o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o‘quvchilar
o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.
«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng
qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har
tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida
ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi
Xulosa qilib aytganda pedagogik texnologiyalardan dars mobaynida foydalanish zamon
talabi bo‘lib qolmoqda undan to‘g‘ri oqilona foydalanish esa o‘qituvchining mahoratiga bogliq.
O‘qituvchi ijodkor hamda dars jarayonida xilma-xil metodlardan foydalana bilishi va yangiliklar
yarata bilishi lozim.
|
| |