448
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
BUYUK SIYMOLAR ILMIY MEROSI ASOSIDA INTERNETDAN FOYDALANISH
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Saidov Javohir Olimjon o‘g‘li
JDPU Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi
Bugungi tez rivojlanayotgan dunyoni internetsiz tasavvur etaolmaymiz.
Hozirgi kunda
internetdan foydalanuvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Shuni inobatga olgan holda
ta’lim jarayonida ham bu insoniyat yaratgan ulkan qulayliklar omilidan foydalanishimiz lozim. Bu
esa yoshlarimiz bilimini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Internet tizimida
dunyoning juda ulkan ilmiy ma’naviy boyliklari mavjud. Ulardan
tarix darslarida ijobiy
foydalansak darslardagi samaradorlik yanada oshadi.
Yoshlarni dars mashg‘ulotini kengroq tushunishlari uchun ularga internetdan to‘g‘ri
foydalanishni o‘gatmog‘imiz lozim. Internetda ma’lumotlarning ulkan bazasi joylashganligini
inobatga olgan holda global tarmoqda yomon g‘oya va mafkuraga hizmat qiladigan ma’lumotlar
ham yetarli hisoblanadi. Avvalo yoshlarimizni shu yod g‘oyalardan asrashimiz lozim. Zero
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganlarki “Agarda biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida
qat’iyat va izchillik
bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga
ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini oqibatda ularning
ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va ma’sulyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan
yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana
shu
achchiq
haqiqatni
yurtimizdagi
har
bir
inson,
har
qaysi
ota-ona,
eng
muhimi har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim”.
Yoshlarimizni yod g‘oya va mafkuralardan asrashimiz uchun ularda internetdan
foydalanish madaniyati hamda ma’naviy immunitetini shakllantirishimiz va mustahkamlashimiz
lozim. Yoshlarning internetdan ilm yo‘lida foydalanishlarini to‘g‘ri yo‘nalishda
shakllantirishimizda ulug‘ ajdodlarimiz hayoti va ilmiy merosidan
foydalanishimiz muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida tarix darslarida hozirda turli inavatsion texnalogiyalar
qo‘llanmoqda. Bu texnalogiyalar qo‘llanilishi bilan bir qatorda internetdan foydalanish
madaniyatini shakllantirishda tarixiy siymolarimiz o‘git va ilmiy-ma’naviy
xazinasi asosida
darslarni tashkil etish zarur. Chunki hozirda ba’zi internet ma’lumotlariga qaraganda
O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 9 milliondan ziyodni tashkil etmoqda. Ularning
aksariyatini yoshlar tashkil etadi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda buyuk siymolarning birinchi navbatda hayot
yo‘lidan foydalanib, yoshlarda internetdan foydalanish madanyatini shakllantirishimiz mumkin.
Ularning bilim yo‘lidagi harakatlarini yoshlarimizga singdirish orqali ularda ham bilim olishga
qiziqish ortadi, ham internetdan ilm yo‘lida foydalanishadi. Jumladan Ma’rifat, -
tarbiyalanuvchining xohish va irodasini kerakli yo‘nalishda boshqarish san’atidir,
- deydi Abu
Nasr Farobiy. Uning ta’kidlashicha, insonning eng yuksak xususiyati uning baxtga
erishganligidadir. Baxtga esa, — deydi alloma, faqat foydali bilimlarni o‘zida jamlash orqaligina
erishish mumkin. Chunki inson dil roxatining eng yuqori cho‘qqisi - bilim olish jarayonidir.
Demak baxtga erishish uchun turli “ko‘ngilochar saytlar”da vaqtni ketkazmasdan yangidan yangi
bilimlarni egallash orqali haqiqiy bahtga erishish mumkinligini o‘quvchiyoshlarga
yetkazmog‘imiz lozim. Internetga biron-bir maqsadni ko‘zlamasdan balki shunchaki vaqtni
o‘tkazish uchun kiruvchilar bora-bora bilim darajasi sustlashishiga
va bilimsizlik holatida
bo‘ladilar. Abu Rayxon Beruniy bobomiz ta’kidlaganlarki “barcha illatlarning asosiy sababchisi
bilimsizlikda deb bilgan. Bilimlarni egallashda esa kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy
muhitning rolini alohida ta’kidlaydi.