|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 449
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Bilim olishda tushunib o‘rganishga, o‘rganuvchining ma’naviy poklikka rioya etishiga
jiddiy alohida e’tibor bergan. Beruniy fikricha, “axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo‘lishi
kerak”. Shuning uchun internetga kirishdan oldin o‘quvchi-yoshlarga tushuntirish kerakki,
qaysidir
ma’lumot
izlamoqchi
bo‘lsang
avval ma’lum bilim yo‘nalishini aniqlab olishi lozim.
Hozirgi davrda globallashuv jarayoni ketayotgan bir davrda o‘quvchi-yoshlarni dunyo
global tarmog‘i hisoblangan internetdan uzib qo‘yish yechim bo‘lmaydi. Yuqoridagi kabi Buyuk
ajdodlarimizning juda ko‘plab fikrlari mavjud bo‘lib, ularning har birining hayoti va ilmiy
merosini o‘quvchi-yoshlarga o‘rgatish orqali yoshlarda ma’naviyat to‘g‘oni paydo qilish zarur.
Ushbu ma’naviyat to‘g‘oni orqali turli yod g‘oyalardan asragan holda yoshlarimiz internetning
ijobiy tomonlaridan foydalanishlari mumkin hisoblanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim jarayonida asosiy vazifani bajaruvchi pedagoglar
o‘quvchi-yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishda o‘z mas’ulyatimizni his
qilgan holda ishga yondashmog‘i lozim. Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda biz ham
zamon talabiga xos holda internetdan foydalanishni bilmog‘imiz va darslarda internetning
ma’naviy boyligidan foydalanishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan nafaqat o‘quvchi-
yoshlarga ta’lim berishda shu bilan bir qatorda xorij tajribasi bilan tanishish va uni dars jarayoniga
tadbiq qilgan holda dars o‘tish ko‘proq samarali natijaga erishiladi. Yoshlarimizni zamonga
hamnafas holda ta’lim tarbiya qilishimiz g‘oyat muhim hisoblanadi. Zero Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov ta’kidlaganlaridek “Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, amlakatimizning
jahon hamjamiyatidagi obro e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday
inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon
unutmasligimiz kerak”.
|
| |